O‘zA O`zbek

21.09.2020 Chop etish versiyasi

Oʻzbekiston 8 oyda qiymati 5,8 mlrd. AQSH dollariga teng oltin eksport qilgan

Oʻzbekiston 8 oyda qiymati 5,8 mlrd. AQSH dollariga teng oltin eksport qilgan

Oʻzbekiston 8 oyda qiymati 5,8 mlrd. AQSH dollariga teng boʻlgan oltin sotdi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga 147,2 % ni tashkil etib, 1,8 mlrd. AQSH dollariga koʻp.

Oltin eksporti jami eksport ulushining 50 % ni tashkil etoqda.

Maʼlumot oʻrnida, Oʻzbekiston jahonning 160 dan ortiq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan sakkiz oy mobaynida respublikaning tashqi savdo aylanmasi 24,5 mlrd. AQSH dollarini tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 3,5 mlrd. AQSH dollariga kamaygan.

Tashqi savdo aylanmasida eksport 11,6 mlrd. AQSH dollari, import hamji 12,9 mlrd. AQSH dollariga teng boʻlib, tashqi savdo aylanmasi saldosi -1,3 mlrd. AQSH dollarini tashkil etgan.

17 546
OʻzA