O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga davlat tashrifiga tayyorgarlik doirasida 3-aprel kuni mamlakatimizning Moskva shahridagi elchixonasida savdo-iqtisodiy va investitsiya hamkorligi sohasida O‘zbekiston – Rossiya munosabatlarini yanada kengaytirish va sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga davlat tashrifiga tayyorgarlik doirasida 3-aprel kuni mamlakatimizning Moskva shahridagi elchixonasida savdo-iqtisodiy va investitsiya hamkorligi sohasida O‘zbekiston – Rossiya munosabatlarini yanada kengaytirish va sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Har ikki mamlakatning vakolatli vakillari savdo-iqtisodiy va investitsiya sohasida umumiy qiymati 3,5 milliard AQSh dollaridan ziyod 16 ta ikki tomonlama bitim, shartnoma va boshqa hujjatlarni imzoladi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzuridagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi Rossiyaning Ulgurji-taqsimlash markazlari milliy assotsiatsiyasi, Sanoatchilar va tadbirkorlar uyushmasi, "RUSUZXOLDING" mas’uliyati cheklangan jamiyati, "Sibirskiy Alyans" kompaniyalar guruhi va "Fud Siti" ulgurji-chakana oziq-ovqat markazi va boshqa kompaniyalar bilan anglashuv memorandumlari imzoladi.

Imzolangan hujjatlar, avvalo, O‘zbekiston mahsulotlarini Rossiyaga yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma loyihalarni moliyalashtirish, import qiluvchi kompaniyalar vakillarining mamlakatimizga tashriflarini tashkil etish, qo‘shma biznes-forumlar, kooperatsion birja va boshqa tadbirlar o‘tkazish, ko‘rgazma hamda yarmarkalarda ishtirok etish, ishonchli sheriklar topish, marketing tadqiqotlari va boshqa tadbirlarni amalga oshirish orqali O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada faollashtirishga ko‘maklashishga qaratilgan.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan ma’lum qilishlaricha, O‘zbekiston mahsulotlari eksporti hajmini ko‘paytirish maqsadida jamg‘arma tomonidan Rossiya bozorlariga qiymati qariyb 25 million AQSh dollariga teng to‘qimachilik, meva-sabzavot, oziq-ovqat va kabel mahsulotlari yetkazib berish bo‘yicha eksport shartnomalari tuzilgan.

Bugungi kunda O‘zbekiston jahon bozoriga 180 turdan ortiq meva-sabzavot va ulardan tayyorlangan mahsulotlarni yetkazib bermoqda. So‘nggi uch yilda xorijiy davlatlarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish hajmi uch barobardan oshdi. 2016-yilda jamg‘arma ta’sischiligida tashkil qilingan agrofirmalar Rossiyaga qiymati 3 million dollardan ortiq bo‘lgan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilgan.

Mamlakatimizda yetishtirilayotgan mahsulotlarning eksport ko‘lamini kengaytirish maqsadida jamg‘arma 2016-yilda Moskva va Ufa shaharlarida o‘z vakolatxonalarini ochdi. Ushbu vakolatxonalar marketing tadqiqotlari o‘tkazish, mamlakatimizda tayyorlangan mahsulotlar uchun xaridorlar topish, tashqi bozorlarda O‘zbekiston brendini ommalashtirish, o‘zbekistonlik tadbirkorlarning ko‘rgazma, yarmarka, tender savdolari va boshqa tadbirlarda ishtirok etishiga ko‘maklashish, chet ellik importchilarning mamlakatimiz mahsulot yetkazib beruvchilari bilan muzokaralar o‘tkazishi uchun tashriflar tashkil etish, xalqaro sertifikat, litsenziya va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar olishga yordam berish, O‘zbekiston sanoat korxonalari mutaxassislarining xorijiy davlatlarda malaka oshirishini tashkil etish va boshqa tadbirlarni amalga oshiradi.

Ikki davlat ishbilarmon doira vakillarining uchrashuvlari mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirish, investitsiyalar jalb qilish, qo‘shma korxonalar tashkil etish, tovar ayirboshlash hajmini kengaytirishga xizmat qiladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zaro manfaatli shartnomalar imzolandi