Poytaxtimizda 3-oktabr kuni shahar infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston – Yaponiya konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari A.Fayzullayev, favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari K.Aripov, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘.Fozilov, tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining o‘rinbosari Sh.To‘laganov, iqtisodiyot vazirining o‘rinbosari Sh.Fayzullayev, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi A.Shayxov, Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari M.Obidov, Yaponiyaning yerdan foydalanish, infratuzilma, transport va sayyohlik vaziri o‘rinbosari X.Xanaoka va boshqalar O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi hamkorlik samaralari haqida so‘z yuritdi.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2002-yil iyul oyida Yaponiyaga rasmiy tashrifi chog‘ida Do‘stlik, strategik sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi qo‘shma bayonot imzolangan. O‘tgan yili oktabr oyida Yaponiya Bosh vaziri Shindzo Abening mamlakatimizga rasmiy tashrifi paytida O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida strategik sheriklikni chuqurlashtirish va kengaytirish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonot imzolandi.

O‘zaro manfaatdorlik natijasida savdo-iqtisodiy aloqalar izchil rivojlanib bormoqda. 2015-yilda tovar ayirboshlash hajmi 253,5 million AQSh dollarini tashkil etgan. Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – Yaponiya va Yaponiya – O‘zbekiston qo‘mitalari erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, yangi imkoniyatlarni izlash va qo‘shma loyihalar ishlab chiqishda muhim o‘rin tutmoqda.

Mamlakatimizda iqtisodiyotni izchil rivojlantirish, hayot sifatini yanada oshirish maqsadida keng ko‘lamli bunyodkorlik va modernizatsiya ishlari amalga oshirilmoqda. Bu borada rivojlangan davlatlar, xususan, Yaponiya tajribasidan unumli foydalanilmoqda.

Yaponiyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda Toshguzar-Boysun-Qumqo‘rg‘on temir yo‘li bunyod etildi. Samarqand, Buxoro va Urganch xalqaro aeroportlari modernizatsiya qilindi. Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi va “Ko‘kdumaloq” konida kompressor stansiyasi qurildi, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi rekonstruksiya qilindi. Bugungi kunda Qarshi – Termiz temir yo‘l tarmog‘ini elektrlashtirish, Navoiydagi issiqlik elektr stansiyasini kengaytirish va Tollimarjon issiqlik elektr stansiyasida ikkita yangi bug‘-gaz turbinasini qurish ishlari olib borilmoqda.

Mamlakatimiz shaharlari bosh reja asosida qayta qurilmoqda. Yangi sanoat korxonalari, zamonaviy uy-joylar, ijtimoiy obyektlar, yo‘l va ko‘priklar barpo etilmoqda. Bunday qurilish va obodonlashtirish ishlari natijasida shaharu qishloqlarimiz yanada ko‘rkamlashib, yashash uchun qulayliklar ortib borayotir. O‘zbekiston “Dunyoning eng baxtli mamlakatlari” reytingida jahon bo‘yicha 44-o‘rinni, poytaxtimiz Toshkent Buyuk Britaniyaning “Economist” jurnali bo‘linmasi – Economist Intelligence Unit (EIU) kompaniyasi e’lon qilgan reytingda dunyoning yashash qulay bo‘lgan shaharlari orasida 58-o‘rinni egallagani ham buning tasdig‘idir.

Konferensiyada mamlakatimizning geodeziya, qurilish, transport, tabiatni muhofaza qilish, axborot texnologiyalari, elektrotexnika, energetika, kimyo va kommunal sohalardagi vazirlik va idoralari mutasaddilari ishtirok etdi. Yaponiyaning «Shimidzu», «Fujita», «Marubeni», «Panasonik», «Tokio Roup Injiniring», «Itochu», «Mitsubishi», «Toyota Suse», «NEK» kabi yigirmadan ortiq yirik korporatsiyalari vakillari o‘z tashkilotlari va xizmatlari haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Yaponiyalik ishbilarmonlar mamlakatimizda shaharsozlik zamon talablari asosida rivojlanayotgani, infratuzilma obyektlarini qurish va modernizatsiyalash ishlari iqtisodiyot rivojiga xizmat qilayotganini ta’kidladi. Infratuzilma obyektlarini qurish va modernizatsiya qilish, avtomobil va temir yo‘l tizimini rivojlantirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, tabiiy ofatlarning oldini olish va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflarini taqdim etdi.

Tadbir doirasida tashkil etilgan kooperatsiya birjasida ikki mamlakat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, tomonlarni qiziqtirgan sohalar bo‘yicha qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Konferensiyada Toshkent shahar hokimligi bilan Yaponiyaning “Shimidzu” korporatsiyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Yaponiya delegatsiyasi mamlakatimizning Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zaro manfaatli loyihalar muhokama qilindi