“O‘zekspomarkaz”da Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi davom etmoqda

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2016-yil 1-iyundagi Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasini tashkil etish va uni har yili o‘tkazib turish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaroriga asosan «O‘zbekoziqovqatxolding», «O‘zvinosanoat-xolding» xolding kompaniyalari, «O‘zbekoziqovqatzaxira» uyushmasi, «O‘zagroeksport» tashqi savdo kompaniyasi va «Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi direksiyasi» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashkil etilgan yarmarka foydali muloqot va kelishuvlarga boy bo‘lmoqda.

Tadbir doirasida poytaxtimiz va Toshkent viloyatidagi bir qator sanoat korxonalariga sayohat uyushtirildi. Unda yarmarkaga kelgan xorijlik mehmonlar, olimlar, mutaxassislar qatnashdi.

Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan «Marwin brends» mas’uliyati cheklangan jamiyati 2007-yilda faoliyat boshlagan. Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan korxonada ikki yuzga yaqin xodim mehnat qiladi. Mahsulotning sifatini nazorat qilish qat’iy yo‘lga qo‘yilgan. Kimyoviy, biokimyoviy, bakteriologik tekshiruvlarni jahon andozalari darajasida tashkil etish uchun zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Ana shunday sinov bosqichlaridan o‘tib iste’molchiga taqdim etilayotgan «Dena» savdo belgisi ostidagi sharbatlar tabiiyligi, xushta’mligi bilan xaridorlarga manzur bo‘layotir. Xorijlik mehmonlar ushbu sharbatlarning sifatiga yuqori baho berdi.

– O‘zbekistonning tabiiy iqlim sharoiti bunday mazali, tabiiy, ekologik sof, shifobaxsh meva-sabzavotlarni yetishtirish uchun juda qulay, – deydi Chungnam milliy universiteti professori Jong Yong Pyong (Janubiy Koreya). – Bozorlaringizdagi to‘kinlik ko‘zni quvontiradi, arzonchilik havasni keltiradi. Ushbu yarmarka bu borada mamlakatingizning salohiyatini keng namoyish etish, ishlab chiqarishni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi bo‘yicha xalqaro aloqalarni kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan «Asian jam» korxonasining «Sempre» savdo belgisi ostidagi murabbo va sharbatlari ham barchaga manzur bo‘ldi. Korxonada yigirma turga yaqin mahsulot ishlab chiqarilmoqda. Ishlab chiqarish jarayoniga zamonaviy texnologiyalar joriy etilgani sifat va samaradorlik omili bo‘layotir. Sig‘imi qariyb uch ming tonnalik zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan omborda mevalarni tabiiy holda saqlash imkoniyati mavjud. Ushbu mahsulotlar zavodda qayta ishlanib, xilma-xil murabbolar tayyorlanadi.

– Zaminimizda yetishtirilgan meva-sabzavotlar tarkibidagi xilma-xil foydali mikroelementlar inson salomatligini asrash va umrini uzaytirishda muhim omil sanaladi, – deydi mazkur korxona rahbari Sarvar Toshpo‘latov. – Ushbu ne’matlarni tabiiy holda iste’mol qilish nihoyatda foydali. Bizning vazifamiz iste’molchilar ehtiyojini qondirishga ko‘maklashish. Eng ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlangan omborimizda mevalar tabiiy holda saqlansa, zavodimizda kuniga ikki yarim tonnaga yaqin ekologik toza, tabiiy mahsulotlar ishlab chiqarilib, aholi dasturxoniga yetkazib berilayotir. Mahsulotlarimiz eksporti yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur yarmarka xorijlik hamkorlar bilan bu borada foydali kelishuvlarga erishish, eksport jo‘g‘rofiyasini yanada kengaytirish uchun qulay imkoniyat bo‘lmoqda.

Poytaxtimizning Bektemir tumanida joylashgan «GDF export» korxonasidagi zamonaviy sharoitlar ham tadbir qatnashchilarida katta taassurot qoldirdi. Ushbu korxonaning Toshkent, Surxondaryo, Namangan viloyatlaridagi ikki ming gektarga yaqin ekin maydonida ekologik sof meva-sabzavot yetishtiriladi. Poytaxtimizdagi zavodda mevalar qayta ishlanadi. Ushbu korxona mutaxassislari an’anaviy meva-sabzavotlar bilan bir qatorda yurtimiz uchun noan’anaviy bo‘lgan ekin turlarini o‘zlashtirish va mahalliylashtirish maqsadida olimlar va mutaxassislar bilan hamkorlikda ish olib bormoqda. Yurtimizda yetishtirilgan mahsulotlarga xorijda ehtiyoj tobora ortib borayotgani ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishni taqozo etmoqda. Shu maqsadda investitsiya loyihalari asosida Termizda yana bir zavod ishga tushirildi. Meva-sabzavot yetishtirishni ko‘paytirish, yangi ekin turlarini o‘zlashtirish, ko‘chatchilikni rivojlantirish bo‘yicha keng qamrovli ishlar olib borilayotir.

– Korxonamiz qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish bilan shug‘ullanadi, – deydi «Sibagroxolding» kompaniyasi vakili Pavel Staryuk (Rossiya). – Biroq bizning tabiiy iqlim sharoitimizda dehqonchilik qilish uchun mavsum ancha cheklangan. May oyida ish boshlansa, sentabrda hosilni yig‘ib olish talab etiladi. O‘zbekistonda yilning aksariyat oylarida quyoshli kunlar ko‘p bo‘ladi. Bu ekologik sof, quyosh nurida to‘yingan, foydali mikroelementlarga boy meva-sabzavot yetishtirish uchun katta imkoniyat yaratadi. Maqsadimiz, o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishdir.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yarmarka doirasida bir qator sanoat korxonalariga sayohat uyushtirildi