O‘zA O`zbek

19.10.2019 Chop etish versiyasi

Oʻtayotgan hafta auksion natijalari

Oʻtayotgan hafta auksion natijalari


14-18.10.2019-yil holatiga

Yakka tartibda uy-joy qurish uchun

Hafta davomida jami 3 taboshlangʻich narxi 2 mln. soʻmlik yakka tartibda uy-joy qurish xuquqi 9,8 mln. soʻmga sotildi.

Shuningdek, “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida xozirgi kunda 136 ta boshlangʻich narxi 1 mlrd. 248,7 mln. soʻmlik yakka tartibda uy-joy qurish huquqi elektron onlayn-auksion savdolarida realizatsiya qilish uchun joylashtirilgan.

Davlat mulki obyektlari

Boshlangʻich qiymati 4 mlrd. 784 mln. soʻm boʻlgan 6 ta davlat ulushlari 4 mlrd. 912 mln. soʻm qiymatida sotilgan.

Hafta davomida boshlangʻich qiymati 4 mlrd. 333 mln. soʻm boʻlgan 5 ta davlat ulushlari realizatsiya qilish uchun savdoga chiqarilgan.

Boshlangʻich narxi 1 soʻm qiymatdagi boʻsh binolar

Hafta davomida 20 ta boshlangʻich bahosi 1 soʻm qiymatidagi boʻsh turgan davlat binolari realizatsiya qilish uchun savdoga chiqarilgan.

Shuningdek, boshlangʻich narxi 1 soʻm qiymatdagi 19 ta binolar 28 mln. soʻm qiymatida sotilgan.

Boʻlib oʻtgan auksion yakunlariga koʻra, gʻolib ishtirokchilar 8 mlrd. 960 mln. soʻm miqdorida investitsiya kiritish hamda 199 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish majburiyatlarini oʻz zimmasiga olgan.

Davlat mulkini ijaraga berish

Hafta davomida 169 ta davlat mulki 1 mlrd. 042 mln. soʻm qiymatida ijara berish uchun savdoga chiqarilgan hamda boshlangʻich ijara qiymati 1 mlrd. 291 mln. soʻm boʻlgan 142 ta davlat mulki 1 mlrd. 565 mln. soʻm evaziga sotilgan.

Yer uchastkalariga boʻlgan huquq

Yer resurslari boʻyicha elektron onlayn-auksionlarda ushbu haftada jami 187 ta boshlangʻich narxi 510 mln. soʻmlik yer uchastkalariga boʻlgan huquq 37 mlrd. 175 mln. soʻmlik investitsiya kiritish va 583 ga yaqin yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 2 mlrd. 318,9 mln.soʻmga sotildi.

Shuningdek, “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida hozirgi kunda 3 776 ta boshlangʻich narxi 107 mrld. 31 mln. soʻmlik boʻsh yer uchastkalari elektron onlayn-auksion savdolarida realizatsiya qilish uchun joylashtirilgan.

Metall qazib olish xuquqi

Hafta davomida jami 5 taqimmatbaxo metallarni qazib olish huquqi 40,9 mln. soʻmga sotildi.

Shuningdek, “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida xozirgi kunda 6 ta boshlangʻich narxi 45 mln. soʻmlik qimmatbaxo metallarni qazib olish huquqi elektron onlayn-auksion savdolarida realizatsiya qilish uchun joylashtirilgan.

Sud hujjatlarini ijro etish boʻyicha

Sud hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish boʻyicha joriy haftada 99 ta boshlangʻich narxi 37 mlrd. 994,6 mln. soʻmlik obyektlar onlay-auksionga chiqarildi.

Ushbu hafta davomida 48 ta boshlangʻich narxi 14 mlrd. 447,8 mln. soʻm boʻlgan obyekt 15 mlrd. 911,2 mln. soʻmga sotildi.

Yagona elektron savdo maydonchasida savdoga qoʻyilgan obyektlar xususidagi yangiliklarni www.e-auksion.uz va www.uza.uz saytlari orqali kuzatib boring!

“Elektron onlayn-auksionlarni

tashkil etish markazi” DUK PR xizmati


1 216
OʻzA