O‘zA O`zbek

04.09.2020 Chop etish versiyasi

Nyu-Yorkda Oʻzbekiston savdo uyi ochildi

Nyu-Yorkda Oʻzbekiston savdo uyi ochildi

Bu haqda Oʻzbekiston eksportchilari uyushmasining AQSHdagi biznes elchisi xabar berishicha, savdo uyi shaharning Bruklin, deb nomlangan hududida ochilgan.

Endilikda oʻzbekistonlik tadbirkorlar savdo uyi orqali oʻz mahsulotlarini AQSHda sotish imkoniga ega boʻldi.

Savdo uyi ochilish marosimi Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan tekstil, konserva mahsulotlari, sarxil va quritilgan mevalardan iborat koʻrgazmaga ulanib ketdi. Unda AQSH tadbirkorlari mahalliy tadbirkorlarimiz bilan shartnomalar imzolagani haqida aytilmoqda.

Bruklinda 3 milliondan ziyod MDH mamlakatlari fuqarolari yashaydi. Ular Oʻzbekistonda yetishtirilgan mahsulotlarga katta qiziqish bilan qaraydi.

22 995
OʻzA