Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

01.02.2017 19:27 Chop etish versiyasi

Noz-ne’matlar zaxirasi

Noz-ne’matlar zaxirasi “Muborakneftgaz” mas’uliyati cheklangan jamiyatining Shahrisabz tumanidagi sovutgichli omborxonasida saqlanayotgan meva-sabzavotlar xalqimiz dasturxoniga peshma-pesh yetkazib berilmoqda.

1 milliard 800 million so‘mlik istiqbolli loyiha asosida barpo etilgan mazkur omborxona 400 tonnalik sovutish kamerasiga ega.

–Sovutgichli omborxona xorijda ishlab chiqarilgan zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan, – deydi omborxona mudiri Baxtiyor Jabborov. – Ushbu texnologiyalar energiya tejamkorligini ta’minlagan holda mahsulotni sifatli saqlash imkonini bermoqda. Bu yerda g‘amlangan mevaning asosiy qismi korxona tasarrufidagi bog‘da yetishtirilgan. Shuningdek, omborxonada ijara asosida fermer xo‘jaliklarining meva-sabzavotlari saqlanmoqda.

Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA
2 505






Все о погоде - Pogoda.uz