O‘zA O`zbek

18.09.2018 Chop etish versiyasi

“Nobel Pharmsanoat” Oʻzbekistonda 60 nomdan ortiq dori-darmon vositalarini ishlab chiqarmoqda

Ertaga poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va “Nobel Pharmsanoat” farmatsevtika korxonasi tomonidan mamlakat farmatsevtika tarmogʻining rivojlanishida chet el investitsiyalarining hissasi, xususan, “Nobel Pharmsanoat” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligiga bagʻishlangan matbuot anjumani tashkil etiladi.Tadbirdan soʻng “Nobel Pharmsanoat” farmatsevtika korxonasiga media-tur uyushtirilishi rejalashtirilgan.

“Nobel Pharmsanoat” korxonasi 2000 yilda “Ulkar Holding” kompaniyasi ishtirokida tashkil etilgan boʻlib, bugungi kunda Oʻzbekiston farmatsevtika sohasida 100 foiz chet el sarmoyasi asosida faoliyat koʻrsatayotgan korxonadir.

Mazkur korxona tomonidan Oʻzbekistonda 60 dan ortiq nomda yuqori sifatli dori-darmon vositalari ishlab chiqarilib, dunyo bozoriga ham eksport qilinmoqda.

300 dan oshiq yuqori malakali xodimlar mehnat qilayotgan korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan barcha mahsulotlar yetakchi davolash muassasalarida sinovdan oʻtkazilgan.

3 028
Davron Sunnatov, OʻzA