O‘zA O`zbek

22.08.2019 Chop etish versiyasi

Niderlandiya kompaniyasi O‘zbekistonda go‘sht va sut mahsulotlari yetishtirishda ishtirok etadi

Niderlandiya kompaniyasi O‘zbekistonda go‘sht va sut mahsulotlari yetishtirishda ishtirok etadi

Bu boradagi hamkorlik masalalari O‘zbekiston Respublikasining Niderlandiyadagi elchisi (qarorgohi Bryussel shahrida joylashgan) bilan uchrashuv chog‘ida muhokama qilindi.

Mamlakatimizning Niderlandiyadagi elchisi Dilyor Hakimov “VetEffect” konsalting kompaniyasi boshqaruvchi direktori Remko Sxrayver bilan uchrashdi.

Muzokaralar davomida “O‘zbekiston Respublikasida chorvachilikning barqaror rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash uchun moliyaviy inklyuzivlik” loyihasi doirasida mamlakatimizning ayrim hududlarida, xususan, Farg‘ona vodiysida go‘sht va sut mahsulotlarini ishlab chiqarishda hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.

Shuningdek, muloqot chog‘ida ushbu loyihada hamkor sifatida ishtirok etish uchun Namangan davlat universiteti rektori boshchiligidagi delegatsiya, mamlakatimiz Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Veterinariya davlat qo‘mitasi vakillarining Niderlandiyaga tashriflarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

O‘z navbatida, Remko Sxrayver boshchiligidagi delegatsiyaning ham O‘zbekistonga amaliy tashrifi ko‘rib chiqildi.

6 871
O‘zA