O‘zA O`zbek

13.05.2020 Chop etish versiyasi

“Nexia 3” avtomobili “Oʻzbekinvestdan suyunchi” aksiyasi gʻolibiga topshirildi

“Nexia 3” avtomobili “Oʻzbekinvestdan suyunchi” aksiyasi gʻolibiga topshirildi

“Yoshlar” telekanalida 22-mart kuni “Oʻzbekinvestdan suyunchi” deb nomlangan keng qamrovli aksiya gʻoliblari aniqlanib, jonli efirda “Nexia 3” avtomobili hamda televizor, konditsioner, muzlatgich kabi jami 24 ta qimmatbaho yutuq oʻynaldi.

Oʻyin yakuniga koʻra, Andijon viloyati Izboskan tumanidan Muhammad Kanalov asosiy yutuq gʻolibi boʻldi. Karantin tartibi munosabati bilan aksiyaning asosiy yutugʻi hisoblangan “Nexia 3” avtomobili “Oʻzbekinvest” kompaniyasi tomonidan biroz oʻtib – joriy yilning 7-may kuni taqdim etildi.

Gʻolibning yaqinlari “Oʻzbekinvestdan suyunchi” aksiyasi oʻtkazilganidan, unda Muhammad Kanalovning “Nexia 3” avtomobili sohibi boʻlganidan juda ham mamnun ekanligini aytishmoqda.

Oʻzbekinvest kompaniyasi mijozlari nafaqat oʻz mulklarining ishonchli himoyasiga, balki qimmatbaho sovgʻalar yutish imkoniyatiga ham ega boʻladilar.

“Yoshlar” telekanali orqali jonli efirda namoyish etilgan yutuqli oʻyinni quyida tomosha qilish mumkin.


Reklama huquqi asosida

10 084
O'zA