Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanidagi ko‘p tarmoqli "Neft Agro Kompleks” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati yangi yo‘nalish hisobiga kengaydi. Bu yerda go‘shtni qayta ishlash sexi ishga tushdi.

Loyiha qiymati 2 milliard so‘mdan ziyod. Yevropadan keltirilgan zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan ushbu kichik korxona yiliga 50 tonnadan ortiq kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega.

– Hozircha dudlangan va yarim dudlangan kolbasa tayyorlanmoqda, – deydi sex boshlig‘i Samandar Boltayev. – Keyinchalik mahsulot turini 8 taga yetkazamiz. Ishlab chiqarish barqarorligi ko‘p jihatdan xomashyo ta’minotiga bog‘liq. Bu borada ishonchli sheriklarimiz bor. Mas’uliyati cheklangan jamiyatimizning chorvachilik majmuasi va parrandachilik fermasi go‘sht yetkazib beradi.

Ayni paytda sexda 4 ishchi mehnat qilmoqda. Loyiha quvvatini to‘la o‘zlashtirish asnosida ularning soni ikki barobar oshadi.

Hozir sex mahsulotlari Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga xizmat ko‘rsatuvchi oziq-ovqat do‘konlariga chiqarilayotgan bo‘lsa, keyinchalik Qorovulbozor shahri savdo shoxobchalariga ham yetkazib beriladi.

Bugungi kunda Buxoro viloyatida go‘sht, jumladan, parranda go‘shtini qayta ishlaydigan 8 korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Neft Agro Kompleks” MChJ faoliyati yangi yo‘nalish hisobiga kengaydi