Farg‘onaga kelsangiz, Buvayda tumanining Nayman qishlog‘iga albatta boring. Nega deysizmi? Kaftdek yerdan katta daromad ko‘rayotgan oilalar ko‘pligiga o‘zingiz guvoh bo‘lasiz.

Qishloq so‘nggi yillarda butunlay yangicha qiyofa kasb etdi. Ilgari naymanliklar faqat ziravor ekib, ro‘zg‘or tebratgan bo‘lsa, bugun dehqonchilikda nafaqat tuman, balki butun viloyatda ham mashhur. Qishloqdagi 920 xonadon kundan-kun farovonlashib, zamonaviy ko‘rinishdagi uylar qad rostlamoqda, to‘ylar to‘ylarga ulanayotir.

Qishloq ahli tomorqachilikda o‘ziga xos maktab yaratgan. Har bir xonadon kichkina tomorqasidan yiliga o‘rtacha 20-50 million so‘m atrofida daromad olmoqda. Bahorgi ekin-tikin ishlari boshlanguniga qadar naymanliklar qalampir, pomidor, baqlajon kabi ekinlarni yetkazib berish bo‘yicha 10 million donadan ortiq ko‘chatga buyurtma olishdi.

– Mamlakatimizda aholi farovonligini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, qishloq infratuzilmasini, tomorqa xo‘jaligini yanada rivojlantirishga qaratilayotgan doimiy e’tibor tufayli xalqimizning turmush darajasi tubdan yaxshilanmoqda, – deydi “Nayman” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Ikromjon Qo‘chqorov. – Tomorqadagi 5-6 sotixli issiqxonadan kelgan daromad hisobiga orzu-havaslarini ro‘yobga chiqarayotgan qishloq ahlining hayotga munosabati o‘zgardi, ertangi kunga ishonchi mustahkamlandi. Bugun qishlog‘imizda o‘z avtomashinasiga ega bo‘lmagan oila yo‘q. Shahardagidan qolishmaydigan, ko‘rkam, zamonaviy uylarda yashamoqda.

Akromjon ota Yoqubov 73 yoshda bo‘lsa-da, g‘ayrati bir yigitcha bor. Turmush o‘rtog‘i, farzandlari va nabiralarini yoniga olib, tomorqada ishlaydi. Dehqonchilik sirlarini o‘rgatadi.

– Tomorqamizdagi 10 sotixli issiqxonadan yiliga uch marta hosil olamiz, oilamizning yillik daromadi 45-50 million so‘m, – deydi Akromjon ota. – Chol-kampir muborak haj safariga borib keldik, ikki o‘g‘lim nabiralarim bilan yangi qurilgan uylarda yashaydi. Oilamiz ixtiyorida 3 “Neksia”, 1 “Damas” avtomashinasi bor. 10 boshga yaqin qoramol, 50 ga yaqin naslli tovuq oilamizning sut-qatiq, tuxumga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qoplaydi, ortganini bozorga chiqaramiz.

Keng joyda yashayotgan odamning fe’li ham keng bo‘ladi. Kelinchak tandirdan yangi uzilgan bir savat issiq nonni mehmonlarga ilinadi. Samimiy mulozamatlarda aslo soxtalik yo‘q. Yer bilan tillashib, dillashib rizqini topadigan xonadon a’zolari zamonaviy baxtli oila timsoli bo‘lib tuyuladi bizga.

Mahallaning Zakovat ko‘chasida istiqomat qiluvchi Abdusamat Egamnazarov tomorqasida 5 sotix issiqxona mavjud. Hozirgi kunda bu yerda yetishtirilgan bulg‘or qalampiri, pomidor ko‘chatlari xaridorlarga muntazir. Xonadon sohibining aytishicha, oila bahorgi dehqonchilikdan 22-25 million so‘m daromad olishni rejalashtirmoqda.

Mahallada tadbirkorlar, xizmat ko‘rsatish va servis shoxobchalari yildan-yilga ortib bormoqda, jinoyatchilikka deyarli barham berilgan. Muhtasham uylar, obod ko‘chalar, zamonaviy inshootlar naymanliklarning turmush tarzi nechog‘li yuksalib borayotganidan dalolat beradi.

Ko‘rinib turibdiki, ishning ko‘zini bilgan, 4-5 sotix tomorqasidan katta daromad olayotgan xonadonlarning yashash tarzi ham, hayotga munosabati ham boshqacha. Turmushi farovon. Bularning barchasi mamlakatimizda xalqimiz farovonligini oshirish, turmush sharoitini yanada yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan hayotbaxsh islohotlar samarasidir.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Naymanlik tomorqachi millionerlar