O‘zA O`zbek

09.08.2018 15:44 Chop etish versiyasi

Navoiy va Urgut erkin iqtisodiy zonalarining chegaralari kengaytirildi

Navoiy va Urgut erkin iqtisodiy zonalarining chegaralari kengaytirildi
Navoiy EIZga Navoiy shahri, S.Ayniy ko‘chasidagi umumiy yer maydoni 81,4 gektar bo‘lgan hudud qo‘shildi.

Vazirlar Mahkamasining 7-avgustdagi tegishli qarorlariga muvofiq Navoiy va Urgut erkin iqtisodiy zonalarining (EIZ) chegaralari kengaytirildi.

Xususan, Navoiy EIZga Navoiy shahri, S.Ayniy ko‘chasidagi umumiy yer maydoni 81,4 gektar bo‘lgan hudud qo‘shildi.

Urgut EIZga esa Samarqand shahridagi “Xishrav-2” massivi qo‘shildi. Shu munosabat bilan Samarqand viloyati hokimligiga mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda ikki hafta muddatda “Urgut” EIZ hududining chegaralarini qayta belgilash va tegishli yer uchastkalarini ajratish topshirildi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qilmoqda.

O‘zA
2 568