Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.02.2017 15:42 Chop etish versiyasi

Navoiy shahrida sun’iy toladan ip-kalava ishlab chiqarilmoqda

Navoiy shahridagi “Navoiy pryaja” korxonasida sun’iy toladan ip-kalava tayyorlanmoqda.

Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, soha subyektlari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, turli imtiyoz va qulayliklar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunda davlatimiz rahbarining 2016-yil 5-oktabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Viloyatda o‘tgan yili 866 yangi kichik biznes subyekti tashkil etilib, uning sanoatdagi ulushi 20,5 foizga, yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 37,6 foizga o‘sdi. Kichik biznes subyektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tijorat banklari tomonidan 611,9 milliard so‘mlik kreditlar ajratildi.

– Mahalliy xomashyoni qayta ishlash asosida ip-kalava tayyorlamoqdamiz, – deydi korxona direktori Valentina Jukova. – “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqariladigan sun’iy tola – nitronga ishlov beramiz. Ya’ni qo‘lda to‘qiladigan buyumlar uchun rang-barang iplar tayyorlaymiz. Mahsulotlarimizga ichki bozorda ham, xorijda ham talab ortmoqda. O‘tgan yili rossiyalik hamkorlar bilan 33 ming dollarlik eksport shartnomasi imzoladik. Hozirgacha mahsulotning teng yarmi hamkorlarga yetkazib berildi.

O‘ndan ortiq ishchi mehnat qilayotgan korxonada yangi loyihalar ustida izlanishlar olib borilmoqda. Ayni paytda bu yerda tayyorlanayotgan sun’iy tolali ip qo‘l mehnati uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan avtomatlashtirilgan dastgohlar yordamida buyum to‘qib bo‘lmaydi. Shu bois zamon talabini inobatga olib, Xitoydan 350 ming dollarga zamonaviy yigiruv dastgohlari keltirilmoqda. Joriy yilning birinchi choragida ishga tushirilishi mo‘ljallangan ushbu yangi sexda 10 qo‘shimcha ish o‘rni yaratiladi.

Nuriddin Rahimov, O‘zA
2 679






Все о погоде - Pogoda.uz