O‘zA O`zbek

03.10.2019 Chop etish versiyasi

Narx o‘zgarmaydi, erkinlashtiriladi

Narx o‘zgarmaydi, erkinlashtiriladi

Ijtimoiy tarmoqlarda un va non mahsulotlarini narxida o‘zgarishlar bo‘lishi borasida turli mulohazalar aytilmoqda. Unda don korxonalari boshoqli don yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga o‘z vaqtida to‘lovlarni amalga oshirmayotgani va bunga korxonalarning to‘lov qobiliyati pastligi sabab qilib ko‘rsatilmoqda.


Shu bois “O‘zdonmahsulot” aksiadorlik kompaniyasi boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Shuhrat Uzoqovdan bu holatga izoh so‘radik. 
– Butun dunyoda bo‘lgani kabi yurtimizda ham erkin bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish jarayoni qizg‘in bormoqda, – deydi Sh. Uzoqov. – Ko‘rib turibsiz boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari kabi bug‘doydan ham mo‘l hosil olindi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 noyabrda qabul qilingan qaroriga ko‘ra, bug‘doyning har bir tonnasi uchun kafolatlangan davlat xaridining o‘rtacha narxi 1 million 200 ming so‘m qilib belgilandi. Shunday qilib, 2019 yil hosilidan boshlab, sug‘oriladigan maydonlarda yetishtirilgan boshoqli don hosildorligiga qarab, davlat xaridi uchun yetkazib berilgan don xarid narxiga 25 foizgacha ustama yoki chegirma qo‘llaniladigan bo‘ldi.

Bunda, 41 sentnerdan 50 sentnergacha bo‘lganida – 10 foiz, 51 sentnerdan 60 sentnergacha bo‘lganida – 20 foiz, 61 sentner va undan yuqori bo‘lganida – 25 foiz ustama berish yo‘lga qo‘yilgan.


Qisqasini aytadigan bo‘lsak, biz ishlab chiqaruvchimiz va shu bilan shug‘ullanamiz. Mahsulotga bahoni esa Moliya vazirligi beradi. Shunday ekan non va non mahsulotlarining narxi o‘zgarmasa-da, lekin bozorda erkin bahoda chiqariladi. 

693
O‘zA