Namangan shahrida “Hindiston yarmarkasi” deb nomlangan savdo ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda Hindiston hunarmandlik buyumlari eksportini rivojlantirish kengashi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida dunyoning ko‘plab davlatlari bilan xalqaro iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, xususan, O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi har tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.

Ko‘rgazmada hind diyorining tikuvchilik, yog‘och o‘ymakorligi, uy-ro‘zg‘or, zargarlik, esdalik sovg‘alari kabi milliy hunarmandlik buyumlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yigirmadan ziyod firma va kompaniyasi mahsulotlari namoyish etildi.

– O‘zbekiston va Hindiston xalqlarining madaniy, iqtisodiy aloqalari mustahkam tarixiy asosga ega, – deydi Hindistonning “HAD Produkt” kompaniyasi direktori Safi Arshad. – Xalqlarimiz tarixi, madaniyati, adabiyoti va san’atida mushtarak jihatlar ko‘p va bu, ayniqsa, ulkan shoir Zahiriddin Muhammad Bobur nomi bilan bog‘liq. Binobarin, bir necha yildan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan mazkur ko‘rgazma savdo-iqtisodiy aloqalarimizning yanada mustahkamlanishiga xizmat qilmoqda.

Ko‘rgazma davomida ikki mamlakat tadbirkor va ishbilarmonlari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish, savdo-sotiq aloqalarini yo‘lga qo‘yish borasida shartnoma va kelishuv bitimlari imzolandi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda Hindiston yarmarkasi