Namangan temiryo‘l vokzalida zamonaviy andozalarda rekonstruksiya qilingan savdo va xizmat ko‘rsatish majmuasi foydalanishga topshirildi.

Prezidentimiz rahnamoligida tadbirkorlik va ishbilarmonlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan alohida e’tibor, yaratilayotgan keng imkoniyatlar o‘z samaralarini bermoqda.

“Sadriddin fayz” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan o‘z mablag‘i va “Ipak yo‘li” banki Namangan filialining 300 million so‘mlikdan ziyod imtiyozli krediti ko‘magida amalga oshirilgan katta hajmdagi rekonstruksiya ishlari natijasida temiryo‘l vokzalidagi yangi majmua shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shdi.

– Aeroport, temiryo‘l vokzali, avtovokzal kabi transport-kommunikatsiya tarmog‘ining infratuzilma inshootlari zamonaviy shaharning ramziy darvozasi hisoblanadi, – deydi jamiyat rahbari Husanboy Ortiqov. – Ayni paytda bu yerda jahon andozalari talablariga javob beradigan mehmonxona qurish loyihasi ustida izlanmoqdamiz. Mazkur loyiha amaliyotga tatbiq etilsa, yana o‘nlab ish o‘rni yaratiladi.

Majmuaning ochilish marosimida Namangan viloyati hokimi B.Yusupov so‘zga chiqdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namangan vokzalida yangi majmua