Xitoy Xalq Respublikasining Guanchjou shahrida joriy yilning aprel oyida o‘tkaziladigan “Canton Fair – 121” xalqaro yarmarkada Namangan tadbirkor va ishbilarmonlari ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Bu haqda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi, viloyat hokimligi, Xalqaro biznes va texnologiyalar uyushmasi, Xitoy Xalq Respublikasi Tijorat vazirligining “China Foreign Trade Centre” tashkiloti, O‘zbekiston – Xitoy savdo uyi, “International Business Travel” kompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan videomuloqotda ma’lum qilindi.

Namangan viloyatidan 120 dan ziyod tadbirkorlik subyekti vakillari va xitoylik ishbilarmonlar ishtirok etgan tadbirda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilarining tashqi bozorga chiqishiga ko‘maklashish, tadbirkor va ishbilarmonlarning xalqaro yarmarka va ko‘rgazmalarda ishtirokini kengaytirish, xorijiy sarmoyadorlar, zamonaviy texnika va texnologiyalar, ular bo‘yicha mutaxassislarni jalb etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

– Xalqaro yarmarkalar tadbirkor uchun jahon bozoriga chiqish, unda mustahkam mavqega ega bo‘lishda muhim ahamiyatga ega, – deydi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Qobiljon Jamolov. – Buni yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, jahon bozoridan o‘z o‘rnini topayotgan ko‘plab tadbirkorlik subyektlari misolida yaqqol ko‘rish mumkin. Shu yil 17-24-fevral kunlari bir guruh tadbirkorlarimiz qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash texnologiyalari bo‘yicha Italiyada o‘tkazilgan “Zanotti” kompaniyasi yarmarkasida ishtirok etdi. Unda loyiha qiymati 2,6 million yevro bo‘lgan 3 ming 200 tonna sig‘imli zamonaviy sovutkich-omborxona qurish yuzasidan memorandum imzolandi. Bugungi videomuloqot ham “Canton Fair – 121” xalqaro yarmarkasida viloyatimiz tadbirkorlarining qatnashishiga ko‘maklashish maqsadida o‘tkazilmoqda. Texnika, barcha turdagi asbob-uskunalar, mebel, kiyim-kechak hamda oziq-ovqat mahsulotlari namoyish etiladigan an’anaviy yarmarkada o‘tgan yillar mobaynida mamlakatimizdan 5 mingdan ziyod tadbirkor ishtirok etgan.

Videomuloqotda “Canton Fair – 121” xalqaro yarmarkasi loyihalar va tashkiliy ishlar boshqarmasi bosh menejeri May Syay Yan va menejer Vu Xey O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida mustahkamlanib borayotgan iqtisodiy hamkorlik haqida gapirib, mazkur xalqaro yarmarka to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berdi.

Namangan viloyatida Xitoy bilan hamkorlikdagi 14 korxona samarali faoliyat yuritmoqda. Videomuloqotda yarmarkada ishtirok etish shartlari, minitexnologiyalar va mahsulotlar sotib olish, o‘zaro iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namangan tadbirkorlari xalqaro yarmarkada ishtirok etadi