Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

11.08.2017 14:53 Chop etish versiyasi

Namangan qurilish va dizayn kasb-hunar kollejida navbatdagi mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

Namangan qurilish va dizayn kasb-hunar kollejida navbatdagi mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Namangan shahridagi Xalq qabulxonasi tashabbusi bilan shahar hokimligi, bandlikka ko‘maklashish markazi va boshqa qator tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda 60 dan ziyod xo‘jalik yurituvchi subyekt 850 dan ortiq bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi.

“Tekstil libos” mas’uliyati cheklangan jamiyati, “Namangan to‘qimachi”, “Nostandart”, “Bunyodtekstil” korxonalari tomonidan taklif etilgan bo‘sh ish o‘rinlari bandlik markaziga ish so‘rab murojaat qilgan fuqarolarga mutaxassisligi bo‘yicha ish tanlash imkoniyatini yaratdi.

Yarmarkada 157 kishiga doimiy ishga yo‘llanma berildi. Ularning 76 nafari kasb-hunar kolleji bitiruvchilaridir. Ishli bo‘lganlar orasida 60 dan ziyod xotin-qiz, 20 ga yaqin xorijda ishlab qaytganlar va 3 nafar jazoni o‘tash muassasasidan ozod etilganlar bor.

– Shahardagi 26-umumta’lim maktabida kutubxonachilik vazifasida ishlash uchun yo‘llanma oldim, – deydi Nargiza Eshondadaeva. – O‘z mutaxassisligim bo‘yicha ishga joylashganimdan juda xursandman. Ziyo maskanida ishlash juda maroqli va foydali. Yarmarka tashkilotchilariga katta rahmat.

– Ayrimlar “Ishlay desang, ish yo‘q”, deb noliydi. Aslida bu shunchaki bahona, – deydi “Odim savdo-sanoat” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga ishga yo‘llanma olgan Azimjon Rahmonov. – Men ham shunday o‘ylar edim, biroq mehnat yarmarkasida birinchi marta qatnashayotganimga qaramay, darrov ish topildi. Noto‘g‘ri fikrda yurgan tengdoshlarimga mehnat yarmarkalariga kelishni tavsiya qilaman, ular ham albatta o‘zlariga mos ish topishiga ishonaman.

Ishtirokchilarga mehnat qonunchiligi, ijtimoiy muhofaza masalalarida huquqiy maslahat, viloyat miqyosida yangi loyihalar asosida yaratilayotgan yangi ish o‘rinlari, barpo etilayotgan korxonalar haqida keng ma’lumot berildi.

Akramjon Sattorov, Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA
791






Все о погоде - Pogoda.uz