Milliy matbuot markazida “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Mazkur moliya muassasasi tomonidan yilning o‘tgan davrida aholi va turli xo‘jalik subyektlariga zamonaviy, tezkor va salmoqli xizmatlar ko‘rsatilgani qayd etildi. Xususan, yil boshidan buyon iqtisodiyotning turli yo‘nalishlarini moliyalashtirishga 1 trillion 2 milliard so‘m kredit ajratilgan.

Bank fermer xo‘jaliklarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va istiqbolli loyihalarni moliyalashtirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Fermer xo‘jaliklarini qishloq xo‘jalik texnikalari, agregatlar va ehtiyot qismlar bilan ta’minlashga 7,5 milliard so‘m kredit yo‘naltirilgan.

Bugungi kunda moliya-bank xizmatlarining yuqori texnologik va bozorga xos turlari yuqori sur’atlar bilan rivojlanmoqda. “Agrobankmobile” ana shunday innovatsion xizmat turi hisoblanadi. Ushbu xizmat orqali turli kommunal va aloqa xizmatlari, soliq to‘lovlari bilan birgalikda, mijozlar uchun (jismoniy shaxslar) bir plastik kartadan boshqa plastik kartaga pul o‘tkazish, plastik karta hisobraqamidagi qoldiq mablag‘larni ko‘rish, ushbu qoldiq mablag‘lar hisobidan kreditning asosiy qarzi va hisoblangan foizini so‘ndirish va boshqa maqsadlarda mablag‘lar o‘tkazish imkoniyati yaratildi. “Agrobankmobile-biznes” xizmat turi orqali yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun bank hisobraqamidagi mablag‘larini boshqarish imkoniyati yaratildi.

– Fermerlar yumushini yengillashtirish uchun zamonaviy smart kartalar joriy etildi, – deydi bankning plastik kartalar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i Zafar Mamajonov. – Bunda paxta va g‘alla yo‘nalishidagi fermerlar paxta va g‘alla hosili uchun alohida kartalar bilan ta’minlangan bo‘lib, mahsulot yetishtirish uchun kerakli mablag‘ni kredit shaklida oyma-oy olib boradi. Buning qulayligi shundaki, oldinlari fermer mineral o‘g‘it, texnika yoki urug‘ olish uchun har safar bank va tashkilotlar o‘rtasida qatnab, vaqt va mablag‘ yo‘qotardi. Smart kartalar bilan bunday ovoragarchiliklarga chek qo‘yildi.

Bank aholini tadbirkorlikka jalb etish borasida ham faol ishtirok etmoqda. Kreditga talabi bor oila vakillarining biznes loyihalari bank mutaxassislari tomonidan qisqa muddatlarda o‘rganilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmoqda. O‘tgan vaqt mobaynida bankka biriktirilgan 1 million 300 mingga yaqin xonadonda so‘rovlar o‘tkazildi. Tadbirkorlikning u yoki bu turi, xususan, bog‘dorchilik, chorvachilik, issiqxona barpo etish, hunarmandlik, kasanachilik, xizmat ko‘rsatish va boshqa sohalar bilan shug‘ullanish istagini bildirgan qariyb 37 ming jismoniy va yuridik shaxsga 240 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi.

Matbuot anjumanida aholiga ajratilayotgan kreditlarni qaytarish shartlari, ular uchun kerak bo‘ladigan kafillik munosabatlari, yangi biznes loyihalarni ishlab chiqish jarayonida bank mutaxassislarining ishtiroki va ularning o‘rni haqidagi savollarga javob berildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mulk egalari uchun yangi qulayliklar