O‘zA O`zbek

26.08.2020 Chop etish versiyasi

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini tan olish tartibi belgilandi

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini tan olish tartibi belgilandi

Hukumat qarori bilan Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va unga tushuntirishlar matnini tan olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” telegram kanalida xabar berildi.

Nizomga muvofiq, Oʻzbekiston hududida qoʻllash uchun moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va unga tushuntirishlar (MHXS hujjatlari) matnini tan olish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

Moliya vazirligi tomonidan Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari fondi bilan MHXS hujjatlarini davlat tiliga tarjima qilish va boshqa tillarda foydalanish huquqini olish uchun shartnoma tuziladi;

Oʻzbekiston hududida qoʻllash uchun MHXS hujjatlari ekspertizadan oʻtkaziladi;

Moliya vazirligining Oʻzbekiston hududida qoʻllash uchun MHXS hujjatlarini tan olish toʻgʻrisidagi buyrugʻi qabul qilinadi va Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi hamda belgilangan tartibda eʼlon qilinadi.

Oʻzbekiston hududida qoʻllash uchun MHXS hujjatlarining davlat tilidagi matni tan olinishi lozim.

Oʻzbekiston hududida qoʻllash uchun tan olingan MHXS hujjatlarining respublika hududida amal qilishini tugatish moliya vazirining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.

18 665
OʻzA