Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanida yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Mirzacho‘l mega sevinch” davlat unitar korxonasi ish boshladi.

Tuman markazidagi “G‘alaba” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida bo‘sh turgan binoda ish boshlagan yangi korxona bolalar va kattalar kiyimi, choyshab va ko‘rpa-yostiq jildlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Tuman investitsiya dasturiga muvofiq yangi loyihani amalga oshirishga 375 million so‘m mablag‘ sarflandi. Bu yerda 40 zamonaviy tikuv mashinasi o‘rnatildi.

Mahsulot ishlab chiqarishda mahalliy xomashyo – viloyat yengil sanoat korxonalarining trikotaj va ip-gazlama matolaridan foydalanilmoqda. Mahsulotni ichki bozorga chiqarish va hududdagi ijtimoiy muassasalarga sotish mo‘ljallanayotir.

– Kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalardan bo‘lgan 40 nafar xotin-qiz ish bilan ta’minlandi, – deydi korxona rahbari Dilnoza Jo‘rayeva. – Ishchilar uchun qulay sharoitlar yaratildi. Kelgusida korxona quvvatini yanada oshirib, ish o‘rinlari sonini ko‘paytirishni mo‘ljallamoqdamiz.

2017-yil tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga muvofiq, hozirgacha 68 loyiha amalga oshirilib, 206 yangi ish o‘rni yaratildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mirzacho‘lda yangi korxona ish boshladi