Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.11.2017 16:50 Chop etish versiyasi

Mirzacho‘lda yana bir yangi korxona ish boshladi

Mirzacho‘lda yana bir yangi korxona ish boshladi Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumani “G‘alaba” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Tikuvchi Dilnoza” xususiy korxonasi ish boshladi. Bu yerda 10 ga yaqin turdagi tikuv-trikotaj mahsulotlari tayyorlanmoqda.

3.jpg

2.jpg

— Mamlakatimizda xususiy tadbirkorlik, ayniqsa, yoshlar biznesini rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibordan ruhlanib, homiylar ko‘magida ajratilgan 65 million so‘mga tikuvchilik sexi ochdik, - deydi korxona rahbari Dilnoza Jo‘rayeva. — Ishni o‘tovlarda tashkil etganmiz. O‘tovlardan biriga tikuv uskunalari o‘rnatilgan bo‘lsa, ikkinchisida bichish ishlari amalga oshiriladi. Ayni paytda bolalar va ayollar uchun kiyim-kechaklar ishlab chiqarmoqdamiz.

Jamshid Yorbekov (surat), O‘zA
2 617






Все о погоде - Pogoda.uz