Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasi "Biznesni yuritish 2015: samaradorlik doirasidan chiqib" (Doing Business 2015: Going Beyond Efficiency) nomli navbatdagi yillik ma’ruzasini e’lon qildi. 

Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasi "Biznesni yuritish 2015: samaradorlik doirasidan chiqib" (Doing Business 2015: Going Beyond Efficiency) nomli navbatdagi yillik ma’ruzasini e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda hisobot davrida eng sezilarli darajada yaxshilangan soha soliq tizimi bo‘lib, mamlakatimiz bu ko‘rsatkich bo‘yicha reytingda o‘tgan yilga nisbatan 61 pog‘ona yuqoriga ko‘tarilgan. 

Bu mustaqillik yillarida Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida aholi real daromadlari o‘sishiga ko‘maklashadigan, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga asos bo‘lib xizmat qiladigan keng ko‘lamli soliq islohotlari amalga oshirilgani natijasidir.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi axborot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini ta’minlashda soliq stavkalarini bosqichma-bosqich pasaytirish ustuvor yo‘nalish etib belgilangani alohida ahamiyat kasb etdi. Coliq yuki 1991-yilda yalpi ichki mahsulotga nisbatan 41,2 foizni tashkil etgan bo‘lsa, o‘tgan yillar davomida Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilgan oqilona soliq siyosati natijasida hozirgi kunda bu ko‘rsatkich qariyb ikki barobar kamaydi. Ya’ni, soliq stavkalarining optimallashtirilishi va murakkab bo‘lmagan soliqqa tortish tartibining joriy etilishi natijasida bu ko‘rsatkich 20,8 foizni tashkil qilmoqda.

Ko‘plab mamlakatlarda korxona va muassasalar foydasidan olinadigan soliq stavkasi o‘rtacha 12,5-39,5 foizni tashkil etayotgan bo‘lsa, O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 1995-2014-yillar mobaynida 38 foizdan 8 foizga tushgani iqtisodiyotimizdagi sifat o‘zgarishlariga erishilganining yaqqol ifodasidir. 

Soliq stavkalarining optimallashtirilgani davlat byudjeti daromadlari tarkibida ham muhim sifat o‘zgarishlariga olib kelmoqda. Korxonalar foydasidan olinadigan soliqlar ulushining bosqichma-bosqich pasaytirilishi va resurslarga solinayotgan soliqlar ulushining oshirilishi shulardan eng muhimidir. Bu holat sarmoyaviy faoliyatning faollashishi uchun qulay shart-sharoit yaratishi bilan birga tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni rag‘batlantirayotir. 

Davlatimiz rahbarining 2012-yil 16-iyulda qabul qilingan “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim qadam bo‘ldi. Mazkur farmon asosida bugungi kun talablariga mos kelmaydigan litsenziya va ruxsat berish tartibi, statistik, moliyaviy va soliq hisobotlari keskin qisqartirildi. Jumladan, 2012-yil iyul oyidan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan doimiy ravishda talab qilib kelinayotgan ellik turdagi hisobot, 2012-yil 1-avgustdan ruxsat berishga oid 80 tartib-taomil bekor qilindi. Shu bilan birga, ayrim hisobot shakllari birlashtirildi.

Prezidentimizning 2014-yil 7-apreldagi «O‘zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning erkinligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yangi bosqichga ko‘tardi. Xususan, soliqlarni va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘laydigan, ishlab chiqarishning barqaror o‘sish sur’atlari va rentabelligini ta’minlovchi kichik tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini soliq tekshiruvidan o‘tkazishga qo‘llanilgan moratoriyning amal qilish muddati 2017-yilning 1-yanvarigacha uzaytirildi.

Amalga oshirilayotgan bu kabi chora-tadbirlar mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlariga qulay shart-sharoit yaratib, ularning huquq va erkinliklari kafolatlarini mustahkamlamoqda. Buning natijasi iqtisodiyotimiz barqarorligida yaqqol o‘z ifodasini topayotir. 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy iqtisodiy o‘sish sur’atlari jahon reytingida