O‘zA O`zbek

18.03.2020 Chop etish versiyasi

Mikrokredit va mikroqarz miqdorlari oshirildi

Mikrokredit va mikroqarz miqdorlari oshirildi

“Mikromoliyalash toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan oʻzgartish kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi “Huquqiy axborot” telegram kanali xabar berdi.

Unga koʻra, qarz oluvchiga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 300 million soʻmdan oshmaydigan summada mikrokredit beriladi.

(Ilgari BHMning 1000 baravari (223 million soʻm) miqdoridan oshmaydigan summada berilgan)

Shuningdek, jismoniy shaxslarga 50 million soʻmdan oshmaydigan miqdorda mikroqarz berilishi belgilandi.

(Ilgari BHMning 100 baravari (22 million 300 ming soʻm) miqdoridan oshmaydigan summada berilgan)

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

5 986
OʻzA