O‘zA O`zbek

04.10.2019 Chop etish versiyasi

MIB bank foydasiga uch yarim milliardga yaqin kredit qarzini undirdi

MIB bank foydasiga uch yarim milliardga yaqin kredit qarzini undirdi

Buxoro viloyati iqtisodiy sudining joriy yil 20-fevral kungi ijro varaqasiga asosan, qarzdor “OTEL NUKUS” MCHJ dan undiruvchi AKB “Qishloqqurilishbank” Nukus filiali foydasiga 3 mlrd. soʻm asosiy qarz, 337 mln. 303,4 ming soʻm kredit foizi, shuningdek, ustama va pochta xarajatlarini undirish, undiruvni esa garovga qoʻyilgan mehmonxona va kafe binosiga qaratish belgilangan.

Ushbu ijro hujjati Byuroning Nukus shahar boʻlimi ish yurituviga 7-mart kuni kelib tushgan va shu kunning oʻzida ijro ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida, qarzdorga sud qarorining ijrosini taʼminlash uchun ixtiyoriy muddat beriladi va bir necha bor ogohlantiriladi.

Lekin, ogohlantirishlarga qaramasdan kredit qarzdorligi qoplanmaganligi sababli, garovdagi mehmonxona va kafe binosi boʻlim davlat ijrochilari tomonidan garovga qoʻyilgan 3,9 mlrd. soʻmlik mehmonxona va kafe binosi xatlovga olindi.

Xatlangan mehmonxona va kafe binosi qisqa muddat ichida elektron onlayn-auksion savdo maydonchasiga chiqarilib sotildi.

Natijada, 3 mlrd. 337 mln. 303 ming soʻmlik kredit qarzdorligi bank foydasiga toʻliq undirildi.

617
OʻzA