Milliy matbuot markazida «O‘ztransgaz» aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan gaz transport tizimi obyektlarini 2015-2016-yillar kuz-qish mavsumida barqaror ishlashga tayyorlash, aholiga tabiiy va suyultirilgan gaz hamda maishiy gaz ballonlarini yetkazib berish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

«O‘ztransgaz» aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi o‘rinbosari M.Boshmanov va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida gaz ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan islohotlar sanoat korxonalari, ijtimoiy obyektlar va aholining gaz mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoji uzluksiz qondirilishiga xizmat qilayotganini ta’kidladi.

Tarmoqda mavsumga tayyorgarlikni ta’minlashda davlatimiz rahbarining joriy yil 7-iyuldagi Respublika iqtisodiyoti va ijtimoiy tarmoqlarini 2015-2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash kompleks chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori dasturilamal bo‘lmoqda.

Gaz ta’minotida uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida gaz quvurlarining 70,6 kilometri kapital ta’mirlandi, 105,5 kilometr gaz kommunikatsiyasi rekonstruksiya qilindi. 7 ming 725 kilometrga yaqin quvur zichlik sinovidan o‘tkazilib, havo bosimi yordamida tozalandi. 5 ming 800 kilometrdan ortiq yer osti quvuri holati tekshirildi, 72 ming 364 gaz taqsimlash punkti taftishdan o‘tkazildi.

942 ming 344 xonadonga suyultirilgan gaz yetkazib berilmoqda. Bunda oylik quvvati 30 ming 894 tonnani tashkil etuvchi 45 gaz to‘ldirish stansiyasi, 209 maishiy gaz ballonlarini tarqatuvchi servis markazi, 222 suyultirilgan gaz tashuvchi vagon-sisterna, 58 avtotsisterna xizmati salmoqli bo‘layotir.

Aholini suyultirilgan gaz bilan ta’minlashni yanada yaxshilash kompaniya oldida turgan ustuvor vazifalardan. Shu maqsadda 2014-yilda respublika miqyosida 20 gaz to‘ldirish shoxobchasi ishga tushirilgan bo‘lsa, joriy yilda yana 14 shunday obyekt foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan. 

2014-yilda aholiga 527 ming 963 dona maishiy gaz balloni yetkazib berilgan bo‘lsa, joriy mavsumda 608 ming 734 dona ballon tarqatish belgilangan.

Xizmat ko‘rsatish sifatini yanada takomillashtirish maqsadida o‘tgan yilda 31 «MAN» rusumli avtotsisterna, 55 «ISUZU» rusumli maxsus avtomashina xarid qilindi. Hozirgi vaqtda ushbu texnikalar sonini yanada ko‘paytirishga qaratilgan sa’y-harakatlar yakuniga yetkazilmoqda.

Mamlakat bo‘yicha avtomobillarga gaz to‘ldirishga mo‘ljallangan 475 kompressor stansiyasi faoliyat ko‘rsatmoqda. 2020-yilga borib ularni 809 taga yetkazish rejalashtirilgan.

Joriy yilning 10-oktabriga qadar tugallanishi belgilangan 2015-2016-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida bugungi kungacha kompaniya tomonidan vazifalar deyarli to‘liq bajarilgan.

Matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga mutaxassislar javob qaytardi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mavsumga puxta hozirlik ko‘rilmoqda