O‘zA O`zbek

30.03.2020 Chop etish versiyasi

Markaziy bankning karantin vaqtida banklar tomonidan kreditlarning toʻlov muddatlarini uzaytirish tartibi toʻgʻrisidagi axboroti

Markaziy bankning karantin vaqtida banklar tomonidan kreditlarning toʻlov muddatlarini uzaytirish tartibi toʻgʻrisidagi axboroti

Koronavirus pandemiyasining aholi va tadbirkorlik subyektlarida kreditlarni qaytarish bilan bogʻliq salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida ularning kredit toʻlovlari muddatlarini uzaytirish yuzasidan murojaatlarini koʻrib chiqishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish boʻyicha kredit tashkilotlariga koʻrsatmalar berildi.

Bunda kredit tashkilotlariga aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan kredit toʻlovlari muddatlarini uzaytirishda faqat murojaatnomani taqdim etish bilan cheklanib, murojaatnomada:

kredit toʻlovlarini uzaytirish yuzasidan asoslantirilgan izoh;

karantin davri yakunlangandan soʻng kredit tashkiloti tomonidan belgilangan muddat ichida kredit shartnomasiga kiritiladigan oʻzgartirishlarni amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirish yuzasidan qarzdorning majburiyati qayd etilishi lozim.

Oʻz navbatida, karantin davri tugagandan soʻng belgilangan muddat ichida qoʻshimcha hujjatlarni qonunchilikka muvofiq rasmiylashtirilmagan taqdirda kredit shartnomasiga kiritilgan oʻzgarishlar kredit tashkiloti tomonidan bekor qilinishi va dastlabki shartnoma shartlari kuchga kirishini maʼlum qilamiz.

Bugungi kunda tijorat banklari tomonidan murojaatlarni masofaviy qabul qilish tizimlari yaratilmoqda. Ushbu masofaviy xizmatlar toʻgʻrisida banklarning veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali qoʻshimcha maʼlum qilinadi.

6 894
OʻzA