Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

13.09.2017 17:05 Chop etish versiyasi

Markaziy bank O‘zbekiston hududida avval sotilgan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha chet el valyutasida o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumot berdi

Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi hududida avval sotilgan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha xorijiy valyutada o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirilishi mumkinligi to‘g‘risida kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagilarni ma’lum qiladi, deyiladi bank rasmiy saytida.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-5177-sonli Farmoniga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi hududida tovarlar (xizmatlar) uchun xorijiy valyutada to‘lovlarni amalga oshirish ta’qiqlangan, xalqaro tajribaga muvofiq xalqaro to‘lov kartalari orqali amalga oshiriladigan to‘lovlar bundan mustasno.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 4-moddasiga ko‘ra, fuqarolik qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin vujudga kelgan munosabatlarga nisbatan qo‘llaniladi.

Fuqarolik Kodeksining yuqorida qayd etilgan me’yoriga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi PF-5177-sonli Farmonidagi mamlakat hududida chet el valyutasidagi to‘lovlarni amalga oshirishni ta’qiqlovchi tartib ushbu Farmon chiqquniga qadar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida mamlakat hududida chet el valyutasida sotilgan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirilishida tadbiq etilmasligini ma’lum qilamiz.

Shu munosabat bilan, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida mamlakat hududida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi PF-5177-sonli Farmoni chiqquniga qadar sotilgan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha chet el valyutasida o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirishga yo‘l qo‘yiladi.

Bunda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi PF-5177-sonli Farmoni chiqquniga qadar sotilgan va mijozlar tomonidan Farmon chiqqanidan so‘ng tovarlarni (xizmatlarni) qaytarish holatlari yuz berganda, mijozlarning tanloviga ko‘ra mablag‘larini chet el valyutasida yoki mablag‘larni qaytarish amalga oshirilayotgan kundagi Markaziy bankning chet el valyutasining so‘mga nisbatan e’lon qilingan kursi bo‘yicha milliy valyutada olish huquqiga ega.

Tijorat banklari xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida yuqoridagi Farmon chiqquniga qadar chet el valyutasida sotilgan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha mablag‘larni hisob-raqamlarga kirim qilish va pul mablag‘larini o‘tkazishni qo‘shimcha byurokratik to‘siqlarni yaratmasdan amalga oshiradilar.


1 122






Все о погоде - Pogoda.uz