Moliya bozorining lizing tarmog‘i mamlakatimiz iqtisodiyotining yuqori o‘sish ko‘rsatkichlariga erishish hamda raqobatbardoshligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Harakatlar strategiyasi ijrosi doirasida Prognozlashtirish va maqroiqtisodiyot tadqiqotlar instituti, O‘zbekiston Respublikasi vazirlik va idoralari mutaxassislari tomonidan Janubiy Koreya Respublikasi jamg‘arma birjasi, BMT Taraqqiyot dasturi, Xalqaro moliya korporatsiyasi ishtirokida lizing bozorini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan o‘rta va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi moliya bozorini rivojlantirish Konsepsiyasi ishlab chiqildi.

Lizing xizmatlari bozorini yanada kengaytirish uchun ulkan salohiyat mavjud, bu esa raqobat kuchayishini, taqdim etilayotgan xizmatlar sifatining kelajakda yanada o‘sishini hamda xizmat ko‘rsatishda yangi yo‘nalishlar ochilishiga zamin yaratadi.

Iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirishga yo‘naltirilgan islohotlar O‘zbekistonda lizing xizmatlarini yanada rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Ushbu islohotlar tufayli bugun davlatimiz barqaror taraqqiy etmoqda va so‘nggi yillarda, ayniqsa, huquq sohasida katta o‘zgarishlar ro‘y berdi.

Mahalliy lizing bozorining asosiy islohotchisi davlat hisoblanadi va lizing bozorining samarali rivojlanishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Bunda lizing asosiy jamg‘armalarni texnik jihatdan qayta jihozlash va modernizatsiya qilish hamda zaxiralarni oqilona taqsimlashning eng samarali usullaridan biri ekanini anglab yetish zarur.

Yurtimizda yaratilgan qulay sharoitlar valyuta bozorini erkinlashtirish jarayoni bilan bir qatorda lizingning yanada rivojlanishi uchun zamin yaratadi. Mazkur bosqichda O‘zbekiston lizing beruvchilariga lizing faoliyatini yuritishlari uchun tashqi moliyalashtirishni taqdim etish samarali hisoblanadi.

O‘zbekistondagi lizing amaliyotlari yo‘lovchi samolyotlarini lizingga olishdan boshlangan. 1993-yildan buyon «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi yo‘lovchi laynerlar parkini jahondagi yetakchi ishlab chiqaruvchilarning samolyotlari bilan yangilab kelmoqda.

2002-yilning 1-sentabriga qadar banklar moliya lizingi amaliyotini deyarli nolga teng rentabellik bilan amalga oshirgan, lizing kompaniyalari esa yakka tartibdagi va soliq imtiyozlari yoki ustav sarmoyasiga mablag‘ kiritish yoki imtiyozli zayom shaklidagi davlat ko‘magiga ega bo‘lardi. Bu lizing amaliyotlariga tatbiq qilinmaydigan qisqa va uzoq muddatli kreditlash uchun taqdim etiladigan imtiyozli soliqlar bilan bog‘liq edi.

2002-yilda lizing to‘g‘risidagi qonunchilikka, xususan, Fuqarolik kodeksi, Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining "Lizing to‘g‘risida"gi va "Boj tarifi to‘g‘risida"gi qonunlariga kiritilgan o‘zgartirishlar vaziyatni tubdan o‘zgartirdi. Lizing qonunchiligiga kiritilgan kompleks tuzatishlar O‘zbekistonda lizingning jadal rivojlanishi yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etdi va mazkur sektor rivojlanishi uchun progressiv huquqiy asos yaratdi.

Bugun O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot tuzilmasidagi lizing amaliyotlari hajmi yildan-yilga oshayotgani kuzatilmoqda. Bundan tashqari, lizing bozorida ishtirokchilar – lizing amaliyoti bilan shug‘ullanuvchi banklar va lizing kompaniyalari soni muntazam ortib bormoqda. Mamlakatimizda hozirgi vaqtda lizing xizmatlari ko‘rsatuvchi 126 ta tashkilot, jumladan, 24 tijorat banki faoliyat yuritmoqda. O‘tgan yil lizingning mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 0,5 foizni tashkil etdi.

Joriy yilning birinchi yarmi yakunlariga ko‘ra, lizing amaliyotlarining umumiy portfeli 2 trillion 529 milliard so‘mni tashkil qildi. Lizing beruvchilar umumiy qiymati 710 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan 4 ming 674 ta lizing shartnomasi tuzdi, bu o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 65,1 foizga ko‘p.

Hozirgi vaqtda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun mini-texnologiyalar, sanoatning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashga ehtiyojning mavjudligi mahalliy lizing bozori rivojlanishining asosiy tendensiyasi hisoblanadi.

Xulosa qilib aytganda, lizing imkoniyatlarini kengaytirish tadbirkorlarga o‘z korxonasining texnik bazasini tezkor ravishda yangilash imkonini beradi. Bu esa, o‘z navbatida, yangi uskunalar yordamida korxona daromadi hamda rentabelligi, mahsulot raqobatbardoshliligini oshirishga xizmat qiladi.

O‘ktam Muhammadiyev,
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
boshqarma boshlig‘i o‘rnibosari.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mamlakatimizda hozirgi vaqtda lizing xizmatlari ko‘rsatuvchi 126 ta tashkilot faoliyat yuritmoqda