Jamg‘armaning yana bir vazifasi tadbirkorlarga moliyaviy yordam ko‘rsatishdir. Shu bois qisqa muddatga foizsiz kreditlar berilmoqda. Joriy yilning o‘tgan davrida 4 milliard 588 million so‘m miqdorida moliyaviy ko‘mak berildi.

Yurtimizning tuprog‘i oltinga teng. Buni eksportga jo‘natilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmining tobora ortib borayotgani ham ifodalab turibdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 19-sentabrdagi «Meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlarini eksport qilishni rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlari eksporti bilan shug‘ullanuvchilarga yana bir qulaylik yaratdi.

Bugun Norvegiya, Vetnam, Tailand, Braziliya, Kipr, Makedoniya, AQSh va boshqa ko‘plab davlatlar aholisi O‘zbekiston mirishkorlari yetishtirgan mahsulotlarni sevib iste’mol qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzuridagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini ko‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ko‘magida joriy yilning o‘tgan davrida 2 milliard 272 million dollarlik eksport shartnomalari imzolangani ana shundan dalolat.

Jamg‘arma mutaxassislari yurtimizda yetishtirilayotgan meva-sabzavot, poliz ekinlariga dunyo bozoridagi talabni muntazam o‘rganib, shu asosda tadbirkorlarga maslahatlar berishmoqda. Misol uchun, marketing tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, Latviya va Germaniyada quritilgan mevalarga talab yuqori ekan. Bu mahsulotlarning bir kilogrammi 2-10 dollar atrofida baholanmoqda. Xitoyliklar esa sabzining abako, bodringning muravey naviga xaridor bo‘lishmoqda.

Bir kilogramm gilos uchun Xitoyda 7,3 dollar, Singapurda 9,1 dollar taklif qilinmoqda. Bu davlatlarda uzumning muskat, beyla navlariga talab yuqori. Germaniya, Fransiyada esa O‘zbekistonda yetishtirilgan o‘riklarni ko‘proq qadrlashar ekan. Poliz ekinlarini kuzatadigan bo‘lsak, Germaniyada bu mahsulotlarning yillik import hajmi 516 ming tonnani tashkil qilmoqda. Eng qimmat narx Janubiy Koreyada bo‘lib, koreyaliklar bir kilogramm tarvuz uchun 2,8 dollar to‘lashga tayyor.

Albatta, ana shu tadqiqotlar natijalaridan xabardor bo‘lib, ekin yetishtirgan dehqon olayotgan daromadini yanada ko‘paytirishi mumkin. Shu bois qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida jamg‘arma ko‘magida tumanlarda 85 agrofirma tashkil etildi. Yil yakuniga qadar mazkur agrofirmalarda yigirmaga yaqin loyiha amalga oshirilishi kutilmoqda. Bu esa 1 ming 590 ish o‘rni yaratish va yiliga 59 million dollardan ortiq miqdordagi ho‘l va qayta ishlangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini amalga oshirishda qo‘l keladi.

– O‘tgan davrda agrofirmalar 128,4 million dollarlik eksport shartnomasi imzolashga erishdi, – deydi jamg‘arma direktori Jahongir Mustafoyev. – Natijada 2017-yilning to‘qqiz oyida xorijiy hamkorlardan 38 million dollardan ziyod mablag‘ kelib tushdi. Mazkur agrofirmalar bu yil meva-sabzavot yetishtirish, saqlash, sortirovka qilish, quritish, muzlatish va qadoqlash loyihalarini amalga oshirmoqda. Misol uchun, Baxmal tumanida 80 gektarda "Chandler" navli yong‘oq ko‘chatlari ekildi. Zomin tumanidagi "Zomin Agro Fresh"da 200 gektar yong‘oqzor tashkil etish ishlari boshlab yuborildi.

Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanidagi "Big agro eksport" jamiyati sovutgich, tezkor muzlatish, qayta ishlash, qadoqlash kompleksi va zamonaviy issiqxona qurmoqda. 62 gektarda yetishtirilgan brokkoli, aysberg va gulkaram 430 ming dollarga eksport qilindi. Yaqinda Buxoro tumanida issiqxona, murabbo, jem, tuzlamalar va quritilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish sexi ishga tushadi. Korxona 2018-yil 4 million dollarlik eksportni amalga oshiradi. Bu borada Navoiy, Samarqand viloyatlarida ham qator yumushlar bajarilmoqda. Eksportni qo‘llab-quvvatlash maqsadida logistika markazlari tashkil etilmoqda. Surxondaryoda ana shunday markaz ishga tushgan bo‘lsa, Sirdaryo, Qashqadaryo, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida qurilish ishlari davom etmoqda.

Jamg‘arma kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga eksport shartnomalari tuzish, yangi bozorlarga chiqish, chet ellardagi ko‘rgazmalarda ishtirok etishi uchun moliyaviy yordam ko‘rsatish, raqobatbardosh tovarlarni jahon bozoriga yetkazish orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti va tashqi savdodagi ulushini yanada ko‘paytirishda faol ishtirok etmoqda.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun ishonchli hamkorlar topish maqsadida jamg‘arma ko‘plab xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilmoqda. Yaqinda "Kazakhexport" eksport sug‘urta kompaniyasi, "Kaznex invest" milliy kompaniyasi aksiyadorlik jamiyatlari, "Meva-sabzavot birlashmasi" xalqaro assotsiatsiyasi va Qozog‘iston savdo korxonalari assotsiatsiyasi bilan o‘zaro anglashuv memorandumlari imzolandi. Ularda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Qozog‘iston bozorlariga yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma korxonalar tashkil etish, loyihalarni moliyalashtirish, hamkorlikda biznes-forumlar, kooperatsiya birjalari o‘tkazish, ishonchli sheriklar topish, marketing tadqiqotlar va boshqa ko‘plab tadbirlar tashkil etish orqali ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada faollashtirish ko‘zda tutilgan.

Jamg‘armaning yana bir vazifasi tadbirkorlarga moliyaviy yordam ko‘rsatishdir. Shu bois qisqa muddatga foizsiz kreditlar berilmoqda. Joriy yilning o‘tgan davrida 4 milliard 588 million so‘m miqdorida moliyaviy ko‘mak berildi. Masalan, Yangiyo‘l tumanidagi «Elit Global Plast», Toshkent shahridagi «Unison Group», Samarqand shahridagi «Bofanda» mas’uliyati cheklangan jamiyati shunday kreditlardan foydalandi.

Jamg‘arma mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tijorat takliflarini xorijiy hamkorlarga yetkazish va ularning eksport salohiyatini yanada oshirish maqsadida yuzdan ziyod kichik biznes vakiliga hamkor topishda, ikki yuzdan ortig‘iga eksport shartnomalari tuzish, banklarda ro‘yxatga qo‘yish va sug‘urta polislari, litsenziya, sertifikat, boshqa ruxsatnomalarni olishda, bir yuz yetmishga yaqiniga xorijiy ko‘rgazma va yarmarkalarda qatnashishda amaliy ko‘mak ko‘rsatdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eksportchi tadbirkorlarga foizsiz kreditlar berilmoqda