O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlarida yangi bosqichni boshlab berdi.

Yaqin besh yilga mo‘ljallangan mazkur tarixiy ahamiyatga ega hujjatning uchinchi yo‘nalishida xususiy mulkning huquq va kafolatlarini ishonchli himoyalashni ta’minlash, barcha turdagi to‘siqlar hamda cheklashlarni bartaraf etish, ishbilarmonlikni rivojlantirishga to‘liq erkinlik berishga alohida ahamiyat qaratilgani e’tiborga molik. Bank faoliyatini tartibga solishning zamonaviy prinsiplari va mexanizmlarini joriy etish, yetakchi ishlab chiqarish tarmoqlarini modernizatsiya va faol diversifikatsiya qilish, moliya-bank sohasini isloh etish, xususan, milliy valyuta va narxlarning barqarorligini ta’minlash, valyutani tartibga solishning zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha ko‘zda tutilgan chora-tadbirlar bu boradagi keng ko‘lamli islohotlar izchilligiga xizmat qiladi.

Belgilanayotgan ustuvor vazifalarni o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish pul-kredit siyosatining ustuvor yo‘nalishlarida ham o‘z ifodasini topmoqda. Zero, bozor iqtisodiyoti modelida bank tizimi iqtisodiy mexanizmlarning to‘kis ishlashida muhim o‘rin tutadi. U umumiy pul massasini muvofiqlashtirish, moliyaviy oqimlar harakatini nazorat qilish, pul mablag‘larini jamlash va investitsiya qilish, xo‘jalik subyektlari o‘rtasida o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirishda faol ishtirok etib, tarmoqlar va aholini kredit mablag‘lari bilan ta’minlamoqda.

2017-2021-yillarda umumiy qiymati 40 milliard dollar miqdoridagi qariyb 650 investitsiyaviy loyihani nazarda tutuvchi tarmoq dasturlarini ro‘yobga chiqarish rejalashtirilgan. Natijada keyingi 5-yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 1,5 baravar, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33,6 foizdan 36 foizgacha, qayta ishlash tarmog‘idagi ulushi 80 foizdan 85 foizgacha oshadi.

Moliya-bank tizimini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan maqsadli parametrlarda 2017-2021-yillarda banklar kapitalini 2 baravar, depozitlar hajmini 2,1 baravar oshirish rejalashtirilgan. Banklar kapitalining ortishi va resurs bazasini mustahkamlash investitsiya kreditlari hajmini 1,7 baravar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari loyihalarini moliyalashtirishni 2,2 baravar oshirishni ta’minlaydi.

Tizimda sodir bo‘layotgan bunday o‘zgarishlar muayyan shaklda butun iqtisodiyotda aks etmoqda. Binobarin, yaratilgan izchil infratuzilma, xizmat ko‘rsatishning turli metodlari qo‘llanilishi bozor mexanizmlarining samarali ishlashini ta’minlaydi. Yangi turdagi sug‘urta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlar hisobiga ularning hajmini kengaytirish, sifatini oshirish, korxona, moliyaviy institutlar va aholining erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida fond bozorini rivojlantirish ham doimiy e’tiborda.

Mamlakatimiz tijorat banklari oldiga xalqaro iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, yetakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, jalb qilingan xorijiy investitsiyalar va kreditlardan samarali foydalanish vazifalari qo‘yilmoqda. Shu bois Markaziy bank tijorat banklari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, bank nazorati bo‘yicha xalqaro Bazel qo‘mitasining talablariga asosan tijorat banklarimiz kapitalining yetarliligi va likvidliligi darajasi ko‘rsatkichlari bo‘yicha talablar o‘rnatilgan me’yorlardan yuqori darajada hisoblanadi.

Albatta, boshqaruv va bank tavakkalchiligi tizimida ilg‘or xorijiy amaliyotlar asosida tijorat banklarida menejment tavakkalchiligi samaradorligini yanada oshirish zarurati paydo bo‘lmoqda. Buning uchun mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanishining zamonaviy talablariga javob bermaydigan hujjatlarni bekor qilish uchun bank faoliyatini tartibga solishga oid Markaziy bankning normativ-huquqiy hujjatlarini inventarizatsiya qilish, tijorat banklari faoliyatiga davlat hokimiyati organlari tomonidan ma’muriy aralashuvlarga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Shuningdek, asosiy e’tiborni bank kredit portfeli miqdorini doimiy oshirish, uning sifatini yaxshilash, investitsion loyihalarni moliyalash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni kreditlash ko‘lamini yanada kengaytirishga qaratish samara berishi shubhasiz.

Xo‘sh, bu vazifalarni amalga oshirishda bank tizimida qanday muammolar mavjud? Avvalo, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining banklardan kredit olishlarida, ayniqsa, investitsiyaviy loyihalarni moliyalashtirishda kredit ta’minotining yetishmasligi holati uchrab turibdi. Bu muammoni hal etish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, xaridorgir bo‘lgan raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun tijorat banklaridan beriladigan kreditlar olish imkoniyatlarini kengaytirish orqali kichik tadbirkorlik subyektlarini jadal rivojlantirishda yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Markaziy bank tashabbusi bilan Kichik tadbirkorlikni rivojlantirish kafolat jamg‘armasi tashkil etildi.

Mazkur jamg‘arma kichik tadbirkorlik subyektlariga yangi zamonaviy texnologik uskunalar xarid qilish va boshqa maqsadlarda beriladigan tijorat banklari kreditlarining garov bilan qoplanmagan qismini ta’minlab beradi. Jamg‘arma resurs bazasini kengaytirishga xalqaro moliya institutlari, xorijiy fondlar va banklarning mablag‘larini jalb etish ko‘zda tutilmoqda. Jamg‘arma kreditlar olish shartlari bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlariga maslahat yordamlari ko‘rsatib, yuqori texnologiyali va innovatsiyaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish va kengaytirishda kichik tadbirkorlik subyektlariga ko‘maklashadi.

Kredit shartnomasi (lizing shartnomasi) bo‘yicha qarz oluvchining majburiyatlarini bajarish maqsadida Kafolat jamg‘armasi kredit beruvchi bank va qarz oluvchi o‘rtasida tuziladigan kafillik shartnomasi asosida ishonch xati taqdim etadi. Tijorat banklarining kichik tadbirkorlik subyektlariga yangi zamonaviy texnologik uskunalar xarid qilish va boshqa maqsadlarda beriladigan kreditlari bo‘yicha Kafolat jamg‘armasining ta’minoti kreditning garov bilan qoplanmagan qismi umumiy miqdorining 50 foizidan va ekvivalenti 100 ming dollarga teng summadan oshmasligi kerak. Kafolat jamg‘armasi taqdim etadigan ta’minotning maksimal umumiy miqdori Kafolat jamg‘armasi mablag‘larining 5 barobaridan ortiq bo‘lmaydi.

Mamlakatimizda sug‘urta, lizing xizmatlari rivojlanmoqda. Biroq tumanlarda mazkur xizmatlar va baholovchi korxonalar bo‘limlarining mavjud emasligi aholining ular xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojini yetarli darajada qoplay olmayapti. Natijada qishloq hududlarida tadbirkorlikni amalga oshirmoqchi bo‘lgan bank mijozlari mablag‘ va vaqtlarini sarflab, viloyat markazlariga borishiga to‘g‘ri kelmoqda.

Qiyoslash uchun tasavvur qiling: mamlakatimizda ajratilgan kreditlarning qoldig‘idagi ta’minot sifatidagi sug‘urta polisining ulushi 2,1 foizni tashkil etadi. Ushbu ko‘rsatkich rivojlangan mamlakatlarda 15-17 foizdir. Demak, tuman va shaharlarda sug‘urta, lizing va baholovchi kompaniyalarning bo‘limlarini, agentlarini tashkil qilish orqali mazkur tarmoqni yanada rivojlantirish va ular ko‘rsatadigan xizmatlar turi va ko‘lamini kengaytirish zarur.

Prezidentimiz xalqimizni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish bo‘yicha banklarga tegishli vazifalar yukladi. Uning ijrosini ta’minlash maqsadida 2016-yilning dekabridan boshlab joylarda qizg‘in ishlar olib borilmoqda. Xususan, hududlardagi mahalla fuqarolar yig‘inlari va bank filiallari dislokatsiyasi, xonadonlar va mehnatga layoqatli aholi soni asosida har bir bank filialiga tegishli mahallalar biriktirilgan. Biriktirilgan mutaxassislar bank xizmatlarini taklif etish bilan birga, aholining taklif va e’tirozlarini ham o‘rganmoqda.

Bu jihatdan Prezidentimizning “Kichik va xususiy tadbirkorlikni mikrokreditlash tizimini yanada kengaytirish va soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Mazkur hujjat mehnat bozoriga yangi kirib kelayotgan o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilari, muddatli harbiy xizmatdan qaytgan yigitlar, mehnat organlarida ro‘yxatga olingan band bo‘lmagan fuqarolar hamda aholining ishga joylashishga ehtiyojmand bo‘lgan boshqa qatlamlarining mikromoliyalash xizmatlaridan foydalanishini kengaytirish, shuningdek, yangi ish joylari tashkil etilishini ta’minlaydigan oilaviy, xususiy tadbirkorlikni va boshqa faoliyat turlarini rivojlantirishni rag‘batlantiradi.

Imtiyozli mikrokreditlashning kengaytirilishi kichik tadbirkorlik, avvalo, oilaviy va xususiy tadbirkorlik sohasida yangi ish o‘rinlari tashkil etish, ularning mikromoliyaviy xizmatlardan foydalanishini osonlashtirish, aholining kam ta’minlangan va hojatmand qatlamlari daromadlarini oshirish, aholi bandligini ta’minlashda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari rolini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Zero, imtiyozli mikrokreditlar eng kam ish haqi miqdorining 200 barobarigacha, asosiy qarzni to‘lashga olti oy muddatli imtiyozli davrni hisobga olgan holda, uch yilgacha muddatga beriladi. Agar tadbirkor bitta ish o‘rni yaratsa, kredit 9 foiz, ikkita ish o‘rni yaratilganda 8 foiz, uchtadan to‘rttagacha ish o‘rniga 7 foiz, beshta va undan ortiq ish joylari yaratilganda 6 foiz miqdorida beriladi.

Qarorda o‘rnatilgan tartibga muvofiq murojaat etuvchi tomonidan mikrokreditni qaytarishni ta’minlay olmaslik holati vujudga kelsa, tijorat banklari mikrokredit ta’minoti sifatida eng kam ish haqining yuz barobarigacha miqdorda mikrokreditlashda xarid qilinadigan mulkni va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari kafilligini inobatga oladi. Agar eng kam ish haqining yuz barobaridan ortiq miqdorda mikrokredit berilganda uchinchi shaxsning kafilligini, sug‘urta tashkilotlarining sug‘urta polislarini va qonun hujjatlari doirasida boshqa ta’minlash turlarini qabul qilib olishlari yo‘lga qo‘yiladi.

Markaziy bank ushbu mikrokreditlash tizimini joriy yilda Toshkent shahrida amalga oshirishni mo‘ljallamoqda. Yil yakunida tajriba natijalari tahlil qilinib, boshqa hududlarda ham tatbiq etiladi. Amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan bu kabi keng miqyosli chora-tadbirlar aholi turmush darajasini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish va yurtimizda "Inson manfaatlari har narsadan ulug‘» prinsipini hayotga izchil tatbiq etishga xizmat qiladi.

Jahongir Abdurasulov,
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
Kredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash va tartibga solish departamenti direktori o‘rinbosari.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mamlakatimiz rivojida yangi bosqich