O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish masalalari ustuvor vazifa sifatida belgilangan.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitalari tomonidan «O‘zbekistonda energetika salohiyatidan samarali foydalanishning holati va istiqbollari» mavzuida tashkil etilgan konferensiyada bu jihatlarga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, vazirlik va idoralar vakillari, soha ekspertlari hamda olimlar ishtirok etgan tadbirda sohani rivojlantirish, uning huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Mamlakat iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energetik resurslarga nisbatan ortib borayotgan ehtiyojini ta’minlash maqsadida elektr stansiyalarida tabiiy resurslardan foydalanish koeffitsentining mavjud ko‘rsatkichlarini yaxshilash bilan bir vaqtda yangi quvvatlarni ishga tushirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqarishni 2030-yilgacha 40 foizga oshirish belgilangan.

Energetika sohasining huquqiy asosini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Anjumanda O‘zbekiston Respublikasining «Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida», «Elektr energetikasi to‘g‘risida»gi qonunlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, «Qayta tiklanuvchi energiya manbalari to‘g‘risida»gi qonun loyihasini parlament quyi palatasi muhokamasiga kiritishni jadallashtirish lozimligi qayd etildi.

Qayd etilganidek, energiya hosil qiluvchi birlamchi resurslar bozoriga davlat mulkchiligiga asoslangan tizim bilan bir vaqtda xususiy mulkchilikni ham faol jalb etish zarur. Energiya resurslaridan oqilona foydalanish tadbirlarini amalga oshirishda eng quyi iste’molchilarni ham qamrab olish bo‘yicha tizimli dasturlarni amalga oshirish, sohaning investitsiyaviy jozibadorligini kengaytirish bo‘yicha iqtisodiy asoslangan chora-tadbirlarni amaliyotga joriy etish yo‘nalishida harakat dasturlarini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mamlakatimiz energetika salohiyati: imkoniyat va istiqbol