Yiliga 192 million dona bir martalik shpris va 24 million dona infuzion sistema ishlab chiqarish quvvatiga ega “Guliston Med Texnika” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi O‘zbekiston – Buyuk Britaniya qo‘shma korxonasi Sirdaryo viloyatidagi yirik quvvatlardan biridir.

Mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida farmatsevtika sanoatini rivojlantirish, aholi va davolash muassasalarini sifatli, xavfsiz va arzon dori-darmon vositalari bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 31-oktabrdagi “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirishda muhim omil bo‘lmoqda.

Qo‘shma korxonaning loyiha qiymati 7,3 million dollar bo‘lib, uning 6,5 million dollarini xorij investitsiyasi, 5 milliard so‘mini “Asakabank” viloyat filialidan olingan kredit mablag‘i tashkil etadi.

Korxonada mehnat qilayotgan 210 ishchining aksariyati kasb-hunar kollejlarini bitirgan yosh mutaxassislardir. Mahsulotlarni ichki bozordan tashqari MDH mamlakatlariga ham eksport qilish rejalashtirilgan.

Ikki gektarlik maydonni egallagan qo‘shma korxonaning ishlab chiqarish, quyuv, qadoqlash, infuzion sistemani terish sexlari, laboratoriya, tayyor mahsulotlar ombori hamda 80 o‘rinli oshxona, 20 o‘rinli yotoqxona, tibbiyot xonasi, anjumanlar zali zamon talablari asosida jihozlangan.

Korxona qoshida barpo etilayotgan zamonaviy sport majmuasida qurilish ishlari avjida.

– Ishlab chiqargan mahsulotlarimiz eksportga tayyor, ayni paytda ular O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasiga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yuborilgan, – deydi “Guliston Med Texnika” qo‘shma korxonasi bosh direktori Alisher To‘ychiboyev. – Mahsulotimiz sifati va xavfsizligiga to‘la kafolat beramiz.

Yaqin vaqtlarda bu yerda tibbiyot ninasi ishlab chiqarish sexi ham faoliyat boshlaydi. Bu mahsulot turi va hajmini yanada oshirish, 100 yangi ish o‘rni yaratish imkonini beradi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahsulot eksportga tayyor