Mamlakatimiz tibbiyot tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasida aholi salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarning oldini olish, tashxis qo‘yish va davolashni tashkil etish ishlari yildan-yilga takomillashib, sifat jihatidan yanada yaxshilanmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 31-oktabrdagi "Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim omil bo‘layotir.

Mazkur hujjatda mahalliy xomashyo, jumladan, dorivor o‘tlar asosida dori-darmon vositalari ishlab chiqarishni ko‘paytirish hisobidan farmatsevtika mahsulotlarini mahalliylashtirishni kengaytirish, aholiga sifatli va arzon dori-darmon vositalarini yetkazib berishga doir muhim yo‘nalishlar belgilangan.

Farg‘ona viloyatida ham farmatsevtika sanoatini rivojlantirish, zamonaviy va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2016-yilda viloyatda mazkur yo‘nalishda 5 loyiha amalga oshirilib, mahalliy xomashyo asosida dori-darmon vositalari va tibbiyot mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Joriy yilda viloyatda o‘ndan ortiq farmatsevtika korxonasini tashkil etish rejalashtirilgan.

Beshariq tumanidagi "Beshariq momiq fayzi" mas’uliyati cheklangan jamiyati ish boshlaganiga ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Bu yerda ishlab chiqarilayotgan tibbiyot paxtasiga bugun ichki va tashqi bozorda talab katta. Milliy bankning tuman filiali krediti va tadbirkor sarmoyasi evaziga korxonaga zamonaviy texnologiyalar o‘rnatildi.

– Mamlakatimizdagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay sharoit bizni mahalliy xomashyodan tibbiyot buyumlari ishlab chiqarishga undadi, – deydi korxona rahbari Muhammadrizo Ergashev. – Ayni kunlarda mahsulotlarimizni eksport qila boshladik.

Joriy yilda korxonaga 1 milliard 200 million so‘mlik investitsiya yo‘naltirilib, yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahalliy xomashyodan sifatli tibbiy mahsulotlar