“Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida faoliyat boshlagan tadbirkorlik subyektlariga guvohnomalar topshirish marosimi o‘tkazildi.

Davlatimiz rahbarining 2016-yil 26-oktabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni iqtisodiy hududlar faoliyatini yanada yaxshilash, investitsiyaviy muhitni barqarorlashtirishda mustahkam huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Prezidentimiz joriy yil mart oyida Navoiy viloyatiga tashrifi davomida “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida bo‘lib, bu yerda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi, yechimini kutayotgan muammolar xususida fikr bildirdi, zarur ko‘rsatmalar berdi. Tadbirda o‘tgan davrda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

“Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida yaratilgan qulay investitsiyaviy muhit samarasida Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Italiya, Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari, Hindiston, Singapur, Rossiya davlatlari bilan hamkorlikda 18 korxona faoliyat yuritmoqda. Kiritilgan investitsiyalar hajmi qariyb 124 million dollarni tashkil etib, 900 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratilgan. Mavjud korxonalarda 100 dan ortiq turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilib, eksportga yo‘naltirilmoqda. Hudud “Navoiy” xalqaro aeroporti negizidagi logistika markaziga yaqin joylashgani xorijiy sarmoyadorlar uchun qo‘shimcha qulaylikdir.

– Hududda yaratilgan qulay investitsiyaviy muhit samarasida 2017-2019-yillarda 251,4 million dollarga teng 39 loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan, – deydi “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi direktori A.Fayziyev. – Qonunchiligimizda belgilangan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar, bojxona imtiyozlari sarmoyadorlarda katta kiziqish uyg‘otmoqda. Jalb etiladigan investitsiyalar hajmiga qarab imtiyozli soliq stavkalarining joriy etilgani tadbirkorlarga huquqiy va iqtisodiy ko‘makdir. Shisha idishlar, svetodiod yoritish uskunalari, qurilish materiallari kabi istiqbolli loyihalar ham ushbu qulaylik samarasida amaliyotga joriy etiladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2019-yilgacha 39 loyiha amalga oshiriladi