Londondagi World Travel Market – 2018 xalqaro koʻrgazmasida “Oʻzbekiston havo yoʻllari” ham ishtirok etmoqda
5-noyabr kuni Londonda anʼanaviy World Travel Market – 2018 xalqaro sayyohlik koʻrgazma-yarmarkasi oʻz ishini boshladi. Unda “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Oʻzbekiston yagona stendida oʻz xizmatlari haqida maʼlumot taqdim etmoqda. Bu haqda MAK axborot xizmati xabar qildi.
5-noyabr kuni Londonda anʼanaviy World Travel Market – 2018 xalqaro sayyohlik koʻrgazma-yarmarkasi oʻz ishini boshladi. Unda “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Oʻzbekiston yagona stendida oʻz xizmatlari haqida maʼlumot taqdim etmoqda. Bu haqda MAK axborot xizmati xabar qildi.Uch kun davomida koʻrgazma mehmonlari milliy aviatashuvchining yoʻlovchi va yuk tashuvlari sohasidagi imkoniyatlari haqida, shuningdek, respublikaning sayyohlik yoʻnalishlari, turizmning har xil turlari, taklif etilayotgan turlar va turistlar uchun yaratilgan infratuzilma haqida toʻliq axborot olishi mumkin.
WTM — 2018 doirasida “Oʻzbekiston havo yoʻllari” mutaxassislari chet ellik sheriklar bilan Oʻzbekistonga turistlarni jalb etish va aviakompaniya reyslarida yoʻlovchi oqimini oshirish masalalari boʻyicha qator muzokaralar va uchrashuvlar oʻtkazadi.