Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

15.02.2017 19:51 Chop etish versiyasi

Logistika va taraqqiyot

Poytaxtimizda «Markaziy Osiyoda transport va logistika biznes-uyushmalarini mustahkamlash» loyihasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Biznes-logistikani rivojlantirish uyushmasi, Bolgariya tadbirkorlik va boshqaruvni rivojlantirish markazi, Turkmaniston xalqaro avtomobil tashuvchilari uyushmasi hamda Latviya stividor kompaniyalari uyushmasi hamkorligida amalga oshirilayotgan loyihani Yevropa Ittifoqi komissiyasi moliyalashtirmoqda.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi A.Ikromov, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi rahbari E.Stiprays, Latviya stividor kompaniyalari uyushmasi prezidenti U.Papans va boshqalar dunyoda meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish, saqlash, birlamchi ishlov berish, eksportga tayyorlash va transportirovka qilish ishlarini kompleks bajarish aholi farovonligi va mamlakatlar o‘rtasidagi eksport salohiyatini yanada oshirishga xizmat qilishini alohida ta’kidladi.

2017-2019-yillarda O‘zbekiston va Turkmaniston hududlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan mazkur loyihalar ko‘magida zamonaviy logistika markazlarini ko‘paytirish mo‘ljallanmoqda. Loyiha biznes-uyushmalar, kichik va o‘rta biznes vakillariga tovarlar yetkazib berish, saqlash va taqsimlash, ish o‘rinlarini yaratish va xodimlarni o‘qitishni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, transport va ombor logistikasi sohasida faoliyat yurituvchilarning ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish, Markaziy Osiyoda kichik va o‘rta biznes rivojini rag‘batlantirish, eksportni kengaytirish orqali davlat va xususiy tadbirkorlarning sherikligi yo‘nalishidagi huquqiy mexanizmlarni takomillashtirishga xizmat qiladi.

Tadbirda yangi loyihaning zamonaviy logistika tizimini amaliyotga yanada kengroq tatbiq etish, mavjudlarini takomillashtirish hamda rivojlantirishdagi ahamiyati xususida ma’ruzalar tinglandi.

Sayyora Shoyeva, O‘zA
340






Все о погоде - Pogoda.uz