Poytaxtimizda Sug‘urtalash va qayta sug‘urtalash bo‘yicha IX Toshkent xalqaro forumi hamda VIII Toshkent xalqaro lizing forumi bo‘lib o‘tdi.

“Saipro” axborot-reyting agentligi tomonidan O‘zbekiston sug‘urta bozori professional ishtirokchilari va lizing beruvchilar uyushmalari, Bosh Arab sug‘urta federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur forumda vazirlik va idoralar, sug‘urta, lizing, auditorlik va investitsiya kompaniyalari, reyting agentliklari, xalqaro moliya institutlari vakillari qatnashdi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi o‘rinbosari A.Haydarov, Xalqaro moliya korporatsiyasining mamlakatimizdagi vakolatxonasi rahbari Z.Hoshimov, Davlat sug‘urta nazorati inspeksiyasi boshlig‘i J.Rizayev, O‘zbekiston lizing beruvchilar uyushmasi bosh direktori Z.Mustafoyev, “Saipro” axborot-reyting agentligi bosh direktori B.Xolboyev va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida iqtisodiyotda bosqichma-bosqich izchil tarkibiy o‘zgarishlar amalga oshirilayotgani, sifatli sug‘urta va lizing xizmatlari ko‘rsatilayotgani, sug‘urta faoliyati va nazoratining huquqiy ba’zasi takomillashayotganini ta’kidladi.

Mamlakatimizda sug‘urta bozorini rivojlantirish, sug‘urta tashkilotlarining samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun huquqiy, tashkiliy-texnik shart-sharoitlar yaratish, aholi va mijozlarga qulay joylarda sug‘urta xizmatlari ko‘rsatuvchi shoxobchalar tashkil etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2007-yil 10-apreldagi “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bunda muhim dasturilamal bo‘layotir.

Bugungi kunda sug‘urta kompaniyalari tomonidan aholiga ko‘plab zamonaviy turdagi sug‘urta xizmatlari ko‘rsatilayotir. Sug‘urta tashkilotlari kapitallashuv darajasining oshirilishi natijasida ularning moliyaviy barqarorligi ta’minlanmoqda. Sug‘urta kompaniyalari kutilmagan hodisalar oqibatida fuqarolarning sog‘ligi, hayoti va mol-mulkiga yetkazilgan zararlarni qoplab bermoqda. Bular aholining sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan ishonchi ortishiga xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston sug‘urta bozorida faol ish yuritayotgan “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi o‘tgan yili mamlakatimiz moliya bozorida eng yuqori xalqaro reytingga ega bo‘ldi. “Moodys Investors Service” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest”ning xalqaro moliyaviy barqarorlik reytingini “barqaror” prognozi bilan B1 dan Ba3 ga ko‘tardi. Mazkur kompaniya 2015-yilgi investitsiya dasturiga kiritilgan 85 loyihaga 16,2 trillion so‘m sug‘urta himoyasi taqdim etgan. Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksport shartnomalarini sug‘urtalash bo‘yicha 219,9 milliard so‘mlik majburiyatlarni qabul qilgan.

2015-yilda mamlakatimizda 90 tashkilot, jumladan, 24 bank lizing xizmatlari ko‘rsatdi. Lizing operatsiyalarining umumiy portfeli 2,45 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2014-yilga nisbatan 14,4 foizga o‘sgan. O‘tgan yili O‘zbekiston lizing beruvchilari tomonidan qiymati 850 milliard so‘mlikdan ziyod 5,6 mingdan ortiq yangi lizing bitimlari tuzildi.

Anjumanda mamlakatimizda iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, zamonaviy biznes infratuzilmasini rivojlantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotgani, sug‘urta bozorining barqarorligi va ishonchliligi tobora mustahkamlanib borayotgani ta’kidlandi. Lizing kichik biznes korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, xususiy tadbirkorlikni kengaytirish va uning asosida ixcham ishlab chiqarishni tashkil etishga mablag‘ sarflashning samarali mexanizmi ekani qayd etildi. Makroiqtisodiy barqarorlik va qulay sarmoyaviy muhit ta’sirida rivojlangan davlatlar, nufuzli moliya muassasalari mamlakatimiz bilan hamkorlikka intilmoqda.

Forum ishtirokchilari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususiylashtirish jarayoni, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor, sug‘urta va qayta sug‘urtalash borasida olib borilayotgan ishlar, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar hamkorligidagi qo‘shma loyihalar bilan tanishtirildi.

– Tashkilotimiz biznesning barcha sohalaridagi xavflarni qayta sug‘urtalash bilan shug‘ullanadi, – dedi “Hannover” kompaniyasi sug‘urtachisi Yoxann Fuks (Germaniya). – O‘zbekiston sug‘urta bozori jadal rivojlanayotganini alohida ta’kidlashni istardim. Mazkur forum g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u sug‘urtalash va qayta sug‘urtalash bozorini rivojlantirish bo‘yicha dunyo mamlakatlari olimlari va soha mutaxassislari bilan fikr almashish, bu borada O‘zbekiston tajribasini o‘rganish imkonini beradi.

– O‘zbekiston bilan bir necha yildan buyon faol hamkorlik qilib kelmoqdamiz, – dedi “ICD” korporatsiyasi departament direktori Ariff Hasan (Saudiya Arabistoni). – Mamlakatingiz bilan xususiy sektorni rivojlantirishga qaratilgan qator qo‘shma loyihalarni amalga oshirmoqdamiz. O‘zbekiston sarmoya kiritish uchun juda qulay mamlakat. Yurtingizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik havas qilarli darajada barqaror rivojlanmoqda. Shu bois o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, qo‘shma loyihalarda faol ishtirok etish niyatidamiz.

Anjuman ishtirokchilari O‘zbekistonda barcha sohalar qatori bank-moliya yo‘nalishida ham barqaror o‘sish sur’atlariga erishilayotganini qayd etdi. So‘nggi yillarda “Moodys”, “Standard & Poors” va “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentliklari mamlakatimiz bank tizimi faoliyatini “barqaror” deb tasdiqlayotgani buning amaldagi yorqin ifodasidir.

– Mazkur forumda muntazam ishtirok etib kelaman, – dedi Moliyaviy kompaniyalar uyushmasi bosh kotibi Adriana Achiarliu (Ruminiya). – Anjuman lizing, sug‘urtalash va qayta sug‘urtalash borasidagi tajribalarni o‘rganishga xizmat qiladi. O‘zbekistonda ushbu tarmoqlarni barqaror rivojlantirishda e’tibor qaratilayotgan jihatlar va hayotga izchil tatbiq etilayotgan choralar bilan yanada yaqinroq tanishish imkoniga ega bo‘lganimdan mamnunman.

Forum doirasida “Alskom” sug‘urta kompaniyasi faoliyatiga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston axborot-kommunikatsiya subyektlari faoliyatini ishonchli sug‘urta himoyasi bilan ta’minlash maqsadida 20-yil muqaddam tashkil etilgan mazkur kompaniya o‘tgan davr mobaynida iqtisodiy va moliyaviy xavfsizlikni ta’minlash borasida sohaga oid korxona va tashkilotlarning ishonchini to‘la qozondi. Kompaniya O‘zbekiston bozorida birinchilardan bo‘lib sug‘urta polislarining mobil banking tizimi orqali onlayn sotuvi bo‘yicha “eshop.alskom.uz” elektron do‘konini ishga tushirdi.

– Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida sug‘urta xizmatlari bozori izchil takomillashib, iqtisodiyotimizning yetakchi tarmoqlaridan biriga aylanib bormoqda, – dedi “Alskom” sug‘urta kompaniyasi bosh direktori Tohirjon Iminov. – Hozirgi kunga kelib kompaniyamiz aktivlari 43 milliard so‘mga yetdi, shakllantirilgan ustav kapitali 3,8 million yevroni tashkil etmoqda. 2016-yil yanvar oyi holatiga ko‘ra, kompaniyamiz investitsiya mablag‘lari hajmi 36 milliard so‘mdan oshdi. Tashkilotimiz axborot-kommunikatsiya subyektlari faoliyatini sug‘urtalashdan tashqari, aholining turli qatlamlariga ijtimoiy sug‘urta xizmatlari ko‘rsatmoqda.

Anjumanda O‘zbekiston sug‘urta bozorining bugungi holati va rivojlantirish istiqbollari, lizing va sug‘urta kompaniyalari o‘rtasidagi hamkorlik, amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar, milliy va xalqaro sug‘urta bozorlaridagi zamonaviy tendensiyalar, dunyo mamlakatlarida sug‘urtalash turlari, lizing biznesini boshqarish bo‘yicha milliy va xorijiy tajriba, mazkur sohalarning sarmoyaviy salohiyatiga oid masalalar muhokama etildi.

Forum doirasida O‘zbekiston Respublikasi Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha to‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi bilan Koreya Respublikasi Sug‘urtalashni rivojlantirish instituti o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Lizing beruvchilar va sug‘urtachilar forumi