Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

13.09.2017 18:22 Chop etish versiyasi

Kuniga 400 ming dona tuxum

Kuniga 400 ming dona tuxum Samarqand viloyatida parrandachilikni rivojlantirish, aholiga tuxum va parhez go‘sht yetkazib berish hajmini oshirish, ushbu faoliyat turi bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

47.jpg

Buni Samarqand tumanidagi “Ilonsoy naslli parranda” korxonasi faoliyati misolida ham ko‘rish mumkin. Korxona parrandachilik sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va fermer xo‘jaliklari, oilaviy tadbirkorlarni naslli parranda bilan ta’minlashga ixtisoslashgan.

4 (1).jpg

10.jpg

Zamonaviy, avtomatik boshqariladigan texnologiya bilan jihozlangan xo‘jalikda kuniga 400 ming tuxum olinmoqda. Inkubatorda 20-21 kun maxsus haroratda saqlangan tuxumdan ochirilgan jo‘jalar buyurtmachi talabiga qarab 90 kungacha parvarishlanadi. Korxona mutaxassislari shaxsiy tomorqa xo‘jaliklarida parrandachilikni tashkil etayotgan aholiga zarur maslahat va tavsiyalar berishga ham alohida e’tibor qaratadi.

Muhammad Amin (surat), O‘zA
2 447






Все о погоде - Pogoda.uz