Samarqand tumanida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Samarqand viloyati kengashi va “Aloqabank”ning Samarqand filiali hamkorligida “Aholi bandligini ta’minlash va turmush darajasini yuksaltirishda kreditlash tizimining ahamiyati” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Ish bilan band bo‘lmagan aholiga mikrokreditlar ajratish orqali ularni tadbirkorlikka keng jalb qilish, tomorqa xo‘jaligidan samarali foydalanish maqsadida tashkil etilgan tadbir aholi bilan muloqot tarzida o‘tkazildi.

Partiya faollari, deputatlar, bank mas’ul xodimlari Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ayni paytda yurtimizda aholining tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush farovonligini yuksaltirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Banklar xodimlari xonadonma-xonadon yurib, aholini ishbilarmonlikka o‘rgatmoqda. Imtiyozli kreditlar taklif etilayotir. Buning samarasida bugungi kunda minglab yurtdoshlarimiz o‘z hovlisida chorvachilik, parrandachilik faoliyatini yo‘lga qo‘yib, oilasi iqtisodini mustahkamlamoqda. Aholining bandligi ta’minlanmoqda.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi dasturida ham mazkur yo‘nalishda muhim g‘oya va tashabbuslar ilgari surilgan. Jumladan, imtiyozli mikrokreditlarni taqdim etish, yakka tartibdagi mehnat va tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish uchun maqbul sharoitlar yaratish bo‘yicha vazifalar belgilangan.

Seminar davomida mutaxassislar tomonidan ishtirokchilarga oilaviy tadbirkorlik va boshlang‘ich sarmoyani shakllantirish maqsadida kredit olish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish, kredit olish va undan samarali foydalanish, tijorat banklari tomonidan mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatishning huquqiy asoslari, biznes reja tuzish yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi. Bu borada aholini qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.

Tadbir doirasida bir guruh fuqarolarga “Aloqabank”dan imtiyozli kredit olish huquqini beruvchi sertifikatlar topshirildi.

– Asosiy tirikchiligimiz tomorqa dehqonchiligidan, – deydi Samarqand tumanidagi Yangijoy mahallasida yashovchi I.Usmonqulov. – Bugungi kunda banklar tomonidan aholiga imtiyozli kreditlar berilayotganini eshitib, xonadonimizda chorvachilikni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgandim. Taklifim inobatga olinib, bankdan 6 million so‘m kredit ajratiladigan bo‘ldi. Bundan juda xursandmiz.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kredit farovonlikka xizmat qiladi