O‘zA O`zbek

28.09.2018 Chop etish versiyasi

Korxonaning sifatli mahsulotlari

Korxonaning sifatli mahsulotlari

Navoiydagi “UzEraeCable” Oʻzbekiston – Janubiy Koreya qoʻshma korxonasi avtomobil sanoati va energetika sohasi uchun maxsus kabellar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

–Korxonamiz yiliga turli oʻlchamdagi 130 ming kilometr kabel ishlab chiqarish quvvatiga ega, - deydi qoʻshma korxona rahbari Sherzod Umarov. - Asosiy buyurtmachilarimiz “GM Uzbekistan” va “SamAuto” korxonalari boʻlib, mahsulotimiz sifati va chidamliligi bilan ularga manzur boʻlmoqda.

90 nafar ishchi mehnat qilayotgan korxonada, shuningdek, Italiya texnologiyasi asosida emallangan mis sim tayyorlash yoʻlga qoʻyilgan.

13.jpg

5.jpg

3.jpg



3 252
Siroj Aslonov (surat), OʻzA