Navoiy viloyati Uchquduq tumanidagi “Azizbek-Ruxsora-Biznes” xususiy korxonasida ishlab chiqarilayotgan 8 turdagi makaron mahsulotlari yuqori sifati bilan xaridorlarga manzur bo‘lmoqda.

– Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tuman filialidan olingan 60 million so‘m kredit mablag‘i faoliyatimiz rivojida muhim omil bo‘ldi, – deydi korxona rahbari Jo‘rabek Qilichev. – 5 nafar kasb-hunar kolleji bitiruvchisi mehnat qilayotgan korxonamizning xaridorlar talabidan kelib chiqib, nisbatan arzon narxlarda ishlab chiqarayotgan oziq-ovqat mahsulotlariga talab yuqori.

Prezidentimizning 2017-yil 19-iyundagi “Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni tadbirkorlik subyektlarini yanada qo‘llab-quvvatlash va faoliyati samaradorligini oshirishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

“Azizbek-Ruxsora-Biznes” xususiy korxonasida ishlab chiqarishni yanada kengaytirishga qaratilgan bir qator loyihalar amalga oshirilayotir. Soatiga 70 kilogramm mahsulot ishlab chiqarayotgan korxona Navoiy kon-metallurgiya kombinati tizimidagi korxonalarning yetakchi ta’minotchisi bo‘lish barobarida tashqi bozorga chiqishni ham mo‘ljallamoqda.

Ayni paytda 600 gramm, 12 hamda 20 kilogrammlik polietilen qoplarda qadoqlanayotgan mahsulotlar turi, sifati va dizaynini yanada takomillashtirish ustida ish olib borilmoqda. Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish bo‘yicha loyihalar tayyor. Bu mahsulot sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korxona faoliyati kengaymoqda