O‘zA O`zbek

31.08.2018 12:48 Chop etish versiyasi

Korxona faoliyati kengaymoqda

Korxona faoliyati kengaymoqda
Andijon viloyati Xonobod tumanidagi “Ilgʻor ekspres servis” MCHJ tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

– 2015-yilda foydalanilmay turgan bino 1 milliard soʻm investitsiya kiritish va 35 ish oʻrni yaratish sharti bilan “nol” xarid qiymatida tasarrufimizga berildi, - deydi korxona rahbari Erkinjon Teshaboyev. – Xitoydan zamonaviy tikuv dastgohlari keltirdik. Xomashyo masalasida hamkorlar qoʻllab-quvvatladi. Mahsulotimiz ichki bozorda yuqori baholanmoqda. Yaqinda rossiyalik buyurtmachilar bilan 200 ming AQSH dollari miqdoridagi shartnoma imzoladik. Maqsadimiz eksport salohiyatini yanada oshirish.

Loyihaning navbatdagi bosqichi toʻquv sexi tashkil etish boʻlib, hozirda korxona binosining ikkinchi qavati ushbu maqsadda taʼmirlanmoqda. Tez fursatda yangi sex ishga tushirilib, qoʻshimcha 20 ish oʻrni yaratiladi.

Zuhriddin Umurzoqov (surat), OʻzA
1 494