O‘zA O`zbek

17.08.2018 14:19 Chop etish versiyasi

Koreyalik ishbilarmonlar Jizzaxning invistitsion muhiti bilan tanishdi

Koreyalik ishbilarmonlar Jizzaxning invistitsion muhiti bilan tanishdi
Jizzax viloyatiga Janubiy Koreyaning “JENERGY co. LTD”, SARENS, “KCA-Global Ltd”, “VIVA-AP Co Ltd”, “HAERAN Architecture & Construction company”, “KABO” kabi energiya tejamkor mahsulotlar va qurilish ashyolari ishlab chiqaruvchi kompaniyalari vakillari hamkorlik takliflari bilan tashrif buyurishgani haqida viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi. 

Viloyat hokimligida xorijlik ishbilarmonlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda viloyat xokimi Ergash Soliyev mehmonlarni davlatimiz tomonidan xorijlik investorlar uchun yaratilgan imtiyozlar, hududning tabiiy, iqtisodiy imkoniyatlari bilan tanishtirib, ularni hamkorlikka chorladi.

Uchrashuvda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar kiritish, sanoat, qurilish, xizmat ko‘rsatish, logistika sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan.

Janubiy Koreya kompaniyalari vakillari “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasidagi korxonalar faoliyati hamda Jizzax shahridagi “Buxoro-Shirin” MCHJ va “O‘rda ekologik bog‘i” loyihalari bilan tanishib, investitsion loyihalar uchun davlat tomonidan yaratilgan imtiyozlarning amalda qo‘llanishi bilan qiziqishdi.

Xorijiy ishbilarmonlar xokimlik vakillari, mahalliy tadbirkorlar bilan uchrashuvda o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga to‘liq javob olishdi. Kelgusida shahar hududida o‘z loyihalarini amalga oshirish uchun imkoniyatlar yetarli ekanligiga e’tirof etishdi.

Toshqul Beknazarov, O‘zA
1 798