Samarqandda viloyatdagi yirik sanoat korxonalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishtirokida hududiy sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yilda xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbirda Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan 300 dan ortiq yirik va kichik ishlab chiqarish korxonalari, xususiy tadbirkorlar bilan birga, mamlakatimizning boshqa hududlaridan 40 ga yaqin korxona o‘z mahsulotlari bilan qatnashdi.

Mamlakatimizda mahalliy xomashyo asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar ishlab chiqarish, yirik sanoat korxonalari va kichik biznes subyektlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, mahalliylashtirish dasturining samarali amalga oshirilishi natijasida ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalari rivojlanib, mahsulot turi va sifati oshmoqda, import o‘rnini bosuvchi, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Har yili an’anaviy ravishda o‘tkazib kelinayotgan Sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi bu boradagi ishlar ko‘lamini kengaytirish, ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Ko‘rgazmada oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari, xalq iste’moli mollari, butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar, jumladan, qurilish materiallari, mebel, gilam va trikotaj buyumlari, mashinasozlik, elektrotexnika sanoati mahsulotlari keng assortimentda namoyish etildi. Viloyatdagi tashkilotlar, savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalari, fermer xo‘jaliklari, tadbirkorlar mahsulot xarid qilish yuzasidan shu yerning o‘zida kelishuvga erishib, shartnomalar imzoladilar. Tijorat banklari, Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar bu borada ularga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatdi.

– Bu yilgi yarmarkada ilk bor o‘z mahsulotlarimiz bilan qatnashayapmiz, – deydi Urgut tumanidagi “Muhammadqodir Yusuf” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari J.Sultonov. – Korxonamizda 50 dan ortiq turdagi o‘quv va sport sumkalari tayyorlanadi. Xomashyoni asosan mahalliy korxonalardan olamiz. Yarmarka davomida ko‘plab ishlab chiqaruvchilar, savdo korxonalari hamkorlikda ishlashni taklif etishdi. Ikki tomonlama manfaatli shartnomalar tuzishga erishdik.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda hududiy sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi o‘tkazildi