Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.09.2017 18:45 Chop etish versiyasi

Konvertatsiya biznes muhitini yanada yaxshilaydi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan Prezidentimizning joriy yil 2-sentabrdagi «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonining mazmun-mohiyati, targ‘ibotiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

O‘zLiDeP siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi B.Yoqubov, O‘zbekiston Bank-moliya akademiyasi rektori A.Bekmurodov va boshqalar ushbu farmon mamlakatimizda valyuta siyosatini erkinlashtirishda o‘z samarasini berishini ta’kidladi.

Farmonning kuchga kirishi natijasida shu vaqtgacha mavjud bo‘lgan valyuta munosabatlariga haddan ziyod aralashuv, tashqi savdo va tadbirkorlik faoliyatini yuritishda yuzaga kelgan tengsizlik holatlariga chek qo‘yiladi. Mamlakatimizda valyuta siyosatini erkinlashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning tizimliligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Farmonga muvofiq, valyuta sohasini tartibga solishning bozor mexanizmlarini joriy qilish, yurtimizda eksport salohiyatini oshirishni rag‘batlantirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish, yuridik va jismoniy shaxslarning chet el valyutasini erkin sotib olishi va sotishi hamda o‘z mablag‘ini xohishiga ko‘ra erkin tasarruf etish imkoniyati joriy etildi.

Ilg‘or bozor mexanizmlari bosqichma-bosqich joriy qilib borilishiga asoslangan ushbu yondashuv yurtimizda valyuta bozorini liberallashtirish uchun zarur sharoit yaratilishi, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlarning oldi olinishiga asos bo‘ladi. Shu bilan birga, valyuta tizimini isloh qilish iqtisodiyotda narxlarning o‘zgarishini samarali nazorat qilishni ta’minlashga qaratilgan pul-kredit siyosatining yangi mexanizmlarini yo‘lga qo‘yishga zamin yaratadi.

Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar, bank xodimlari atroflicha javob qaytardi.

Nurillo Nasriyev, O‘zA
1 212






Все о погоде - Pogoda.uz