O‘zA O`zbek

28.10.2019 Chop etish versiyasi

Kontrakt toʻlov muddati uzaytirildi

Kontrakt toʻlov muddati uzaytirildi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligidan olingan maʼlumotlarga koʻra, talabalar uchun kontrakt toʻlash muddati uzaytirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining joriy yil 21-oktyabrdagi bayoni bilan koʻpchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari hamda OTMlar rektorlarining murojaatlarini inobatga olib, 2019/2020 oʻquv yilida OTMlar bakalavriatiga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan (shu jumladan, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqish istagini bildirgan) abituriyentlar, oʻqishi koʻchirilgan va qayta tiklangan talabalar oʻqishi uchun toʻlov haqini oʻtkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati 2019-yilning 20-noyabr etib belgilandi.

2 201
OʻzA