Termizda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tashkil etilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida ko‘plab yoshlar o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga yo‘llanma oldi.

Surxondaryo viloyatidagi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida faoliyat yurituvchi korxona-tashkilot va muassasalar mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etgan yarmarkada Prezidentimiz rahnamoligida mazkur sohani rivojlantirishga qaratilayotgan doimiy e’tibor korxona va muassasalarni malakali mutaxassislar bilan ta’minlashda muhim omil bo‘layotgani ta’kidlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasiga biriktirilgan 7 o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini joriy yilda 2 ming 415 o‘g‘il-qiz bitiradi. Ularning 1 ming 336 nafari bevosita axborot-kommunikatsiya sohasi mutaxassislaridir.

– An’anaviy o‘tkazib kelinayotgan ushbu tadbir zamonaviy axborot texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha chuqur bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lgan bitiruvchi yoshlar bandligini ta’minlashga ko‘maklashmoqda, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i A.Doniyorov. – Bugungi bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida ham ularning ko‘pchiligi o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashish uchun yo‘llanma oldi.

Joriy yilda Termiz axborot texnologiyalari va maishiy xizmat kasb-hunar kollejini 100 dan ziyod o‘quvchi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha tamomlaydi. Yarmarka tufayli yosh mutaxassislarning 6 nafari O‘zbekiston –Indoneziya qo‘shma korxonasining Termiz shahridagi “O‘zI-Termiz” filialida mehnat faoliyatini boshlaydigan bo‘ldi.

– Shu yil kollejni tamomlayman, – deydi Termiz axborot texnologiyalari va maishiy xizmat kasb-hunar kolleji bitiruvchisi Rustam Ziyodullayev. – Shahrimizda sifatli aloqa xizmati ko‘rsatayotgan zamonaviy korxonadan munosib ish topdim. O‘z mutaxassisligimiz bo‘yicha ishga joylashishimizga ko‘maklashayotgani uchun davlatimiz rahbaridan minnatdormiz.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kollejdan korxonaga