Navoiy madaniyat va san’at kolleji bitiruvchisi Erkin Yandashov “Mikrokreditbank”ning viloyat filialidan 60 million so‘m imtiyozli kredit olib, Zarafshon shahrida xususiy stomatologiya markazi tashkil etdi. 5 nafar tibbiyot mutaxassisi faoliyat yuritayotgan ushbu shifo maskani xizmatidan aholi mamnun.

Chorvachilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan nurotalik Safarbek Qodirov ham tijorat bankidan 6 million so‘m imtiyozli kredit oldi. Nurota qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kollejini tamomlagan Safarbek katta maqsadlar bilan ish boshladi.

Prezidentimiz rahnamoligida kasb-hunar kolleji bitiruvchilari bandligini ta’minlash, ta’lim muassasalari va korxonalar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, yoshlarning mustaqil hayot yo‘lini tanlashida ko‘maklashishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Navoiy viloyatida ham bu borada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

– O‘tgan yili 12 ming 950 dan ortiq yosh mutaxassis kasb-hunar kollejini bitirdi, – deydi Navoiy viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Olimjon Bobomurodov. – Tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagini bildirgan yosh tadbirkorlarga o‘tgan yili 15 milliard 500 million so‘m kredit mablag‘i ajratildi. Yosh tadbirkorlar turli yo‘nalishlarda o‘z biznesini yo‘lga qo‘yib, nafaqat oilasi farovonligiga hissa qo‘shmoqda, balki tengdoshlarini ish bilan ta’minlamoqda.

Bitiruvchilarni tadbirkorlikka keng jalb etish, ularda ishbilarmonlik ko‘nikmasini shakllantirish, yoshlarning istiqbolli loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ta’lim muassasalarida tashkil etilgan maxsus o‘quv kurslari faoliyati bunda samarali bo‘lmoqda.

O‘tgan yili viloyatdagi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilarining qariyb 91 foizi doimiy ish bilan ta’minlandi. Bunda yil davomida o‘tkazilgan 36 bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi muhim omil bo‘lmoqda. Ana shu yarmarkalarda 1800 ga yaqin bitiruvchining bandligi ta’minlangani fikrimizni tasdiqlaydi.

Viloyatdagi kasb-hunar kolleji bitiruvchilarining tadbirkorlik faoliyati va biznes loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilda tijorat banklari tomonidan 24 milliard 500 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘lari ajratish belgilangan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kollej bitiruvchisi Zarafshon shahrida xususiy stomatologiya markazi ochdi